Daryo

Ukraina bosh vaziri Yatsenyuk mahalliy referendumlar haqida qonun qabul qilinishini yoqlab chiqdi

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Umumukrain referendumi haqidagi qonunga ham bu bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritilishi darkor

1 daqiqa o‘qish15 174 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: itar-tass.com

Oliy rada tomonidan Ukraina bosh vaziri etib tayinlangan Arseniy Yatsenyuk mahalliy referendumlar o‘tkazish to‘g‘risida qonun qabul qilish lozimligini aytdi. Bu haqda “Ostrov” nashri ma’lumotiga asoslanib Gazeta.ru xabar qildi.

Foto: itar-tass.com

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Oliy radasi bu borada qonun qabul qilishi kerak. Yatsenyukning fikricha, Umumukrain referendumi haqidagi qonunga ham bu bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritilishi darkor.

Eslatib o‘tamiz, hozirda mamlakatning ko‘p hududlarida rossiyaparastlar Kiyev hukumatiga bo‘ysunishni istamay, norozilik namoyishlari uyushtirib, alohida ajralib chiqish masalasini ko‘tarib chiqmoqdalar. Jumladan, Donetsk viloyat kengashi deputatlari Donetsk xalq respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilgan va hududning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi masalasi bo‘yicha 2014-yil 11-maydan kechiktirmasdan referendum o‘tkazishga qaror qilgan edilar.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar