Daryo

Rossiya G‘arbga qarshi iqtisodiy sanksiyalar joriy etmasligini bildirdi

Rossiya ayrim javob choralarini ko‘rishi mumkin, ammo ular hamkorlarga iqtisodiy ziyon yetkazishga qaratilgan bo‘lmaydi

1 daqiqa o‘qish15 940 ko‘rishlar0 izoh0
Igor Shuvalov / Foto: kavkaz-news.net

Rossiya Federatsiyasi G‘arb davlatlarining sanksiyalariga javoban ularga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‘llamoqchi emas. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Igor Shuvalov ma’lumot berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Igor Shuvalov / Foto: kavkaz-news.net

Bosh vazir o‘rinbosarining aytishicha, RF o‘zining doimgi mahsulotlarini xalqaro bozorlarga yetkazib berishni to‘xtatmaydi.

Shuningdek, Shuvalov Rossiyaga nisbatan sanksiyalar qo‘llash bilan uning tashqi siyosatini o‘zgartirib bo‘lmasligini aytgan. “Hech qanday tahdid na prezident Putinni, na boshqa siyosiy kuchlarni xuddi AQSh, Germaniya yoki boshqa hamkorlar istagandek harakat qilishga majbur eta olmaydi”, – deydi u.

Shu bilan birga, bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ayrim javob choralarini ko‘rishi mumkin, ammo ular hamkorlarga iqtisodiy ziyon yetkazishga qaratilgan bo‘lmaydi. Shuvalovning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya hukumati va prezidenti o‘zlariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarga javoban “qanday qilsak ularga og‘riqliroq javob qaytara olamiz”, deya bosh qotirishmaydi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar