Daryo

Rossiya vakili Ukrainaning parchalanishida Yevroittifoqni aybladi

Xususan, Ukrainaning turli hududlari o‘rtasidagi hamda mamlakat siyosiy kuchlari orasidagi kelishmovchiliklar inobatga olinmagan, deydi Vladimir Chijov

1 daqiqa o‘qish15 252 ko‘rishlar0 izoh0
Vladimir Chijov / Foto: joinfo.com

Ukrainada kechayotgan hozirgi tanazzul ko‘p jihatdan Yevropa tomonidan amalga oshirilgan xato harakatlar oqibati bo‘ldi, deb hisoblaydi Rossiyaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Vladimir Chijov. U Yevroparlamentda shunday bayonot bilan chiqish qildi, deya xabar qiladi “ITAR-TASS”.

Vladimir Chijov / Foto: joinfo.com

Chijovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning Yevroittifoq bilan assotsiatsiya qilishi haqidagi bitimni tayyorlashda hamda “Sharqiy hamkorlik” dasturida bir qator qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Xususan, Ukrainaning turli hududlari o‘rtasidagi hamda mamlakat siyosiy kuchlari orasidagi kelishmovchiliklar inobatga olinmagan.

“Bu farqlarni inobatga olmasdan, yana Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish va’dasini bermasdan turib, Ukrainani Ittifoq bilan assotsiatsiya jarayoniga jalb etishga urinishdi. Bularning barchasi Ukraina jamiyatidagi hozirda kuzatilayotgan parchalanishga olib keldi”, – dedi Rossiyaning doimiy vakili.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar