Daryo

Gonkongda 3,7 million dollarlik san’at asarini axlatga tashlab yuborishdi

Grand Hyatt ma’muriyati esa san’at asarining yo‘qolganligi uchun hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmasligini ma’lum qilgan

1 daqiqa o‘qish15 933 ko‘rishlar0 izoh0

Mashhur xitoylik rassom Suy Juchjou mo‘yqalamiga mansub bo‘lgan, kimoshdi savdosida 3,7 million dollarga sotilgan surat Gonkongdagi besh yulduzli mehmonxonada yo‘qolib qoldi. “Qorli tog‘lar” deb atalgan bu kartinani mehmonxona farroshlari axlatga tashlab yuborishgan, deb yozadi South China Morning gazetasi.

Grand Hyatt
Foto: epailive.com

Poly Auction auksion uyi Grand Hyatt otelida kimoshdi savdosini o‘tkazayotgan bo‘lgan. Kuzatuv kameralari orqali tasvirga tushirilgan videoyozuvdan aniqlanishicha, o‘rab qo‘yilgan kartinani farroshlar chiqindilarga qo‘shib olib chiqib ketishgan.

Suratni olib kelish uchun darrov politsiyachilar jo‘natilgan, ammo ular ham katta axlat uyumi orasidan kartinani topa olishmagan. Grand Hyatt ma’muriyati esa san’at asarining yo‘qolganligi uchun hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmasligini ma’lum qilgan.

1944-yilda tug‘ilgan Suy Juchjou kartinalari Osiyodagi eng qimmatbaho zamonaviy san’at asarlaridan hisoblanadi. Avvalroq uning ayni shu uslubda ishlangan boshqa asari – “Qorli manzara” auksionda 23,8 million dollarga sotilgan. 2011-yilda esa Juchjou  mo‘yqalamiga mansub “Nilufar” kartinasini Gonkongdagi Christie's kimoshdi savdosida 15,8 million dollarga sotib olishgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar