Chempionlar ligasi chorak finalidagi “Borussiya” va “Real” klublari o‘rtasida kechgan javob uchrashuvida dortmundliklar ajoyib o‘yin namoyish etib, 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Ammo bu g‘alaba Yurgen Klopp uchun yetarli bo‘lmadi, deb xabar berdi Uff.uz.
Ikkala gol muallifi ham “Borussiya” futbolchisi Marko Roys bo‘ldi. Uchrashuvda 2:0 hisobi qayd etildi, ammo yarim finalga “Real” chiqdi.
Shuningdek, 8-aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “Chelsi”—“PSJ” uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi va londonliklar 2:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uff.uzning yozishicha, o‘yinning 18-daqiqasida Eden Azar o‘rniga maydonga tushgan Shyurrle hisobni ochdi — 1:0. Ikkinchi golni o‘yin yakunlanishiga 3 daqiqa qolganida Demba Ba kiritdi.
Yakunda umumiy hisob 3:3 ni tashkil etdi va “Chelsi” yarim finalga chiqdi.
Izoh (0)