Daryo

Go‘zallik salonini vayron qilgan AQShlik talaba ko‘p pirog yeb hushidan ketdi

Politsiyachi Brayenni hushiga keltirib, psixotrop moddalar qabul qilganligini so‘raganida, u: “Umid qilamanki, shunday bo‘lgan”, – deya javob bergan

1 daqiqa o‘qish15 548 ko‘rishlar0 izoh0
Kollaj: dailycaller.com

AQShning Indiana shtatidagi Saut-Bend shahri politsiyasi spa-salonni vayron qilgan 19 yoshli talaba Brayen MakKarenni qo‘lga oldi. Bu to‘g‘rida The Daily Coller nashri xabar bergan.

Kollaj: dailycaller.com

Ma’lum qilinishicha, yigitni spa-salonning ikkinchi qavatda joylashgan oshxonada behush holda yotganida topib, qo‘lga olishgan. U juda ko‘p miqdordagi muzlatilgan piroglarni yeb qo‘yib, hushidan ketgan bo‘lgan.

Politsiyadan xabar berishlaricha, kechki payt MakKaren Therapeutic Indulgence salonining oynavand vitrinasini 456 kilogrammlik gultuvakni otib sindirgan. Keyin ichkariga kirib olib, bolg‘a bilan devorlarga urib chiqqan; u gipsokartondan qilingan devor qoplamalarini teshib tashlagan. So‘ng o‘t o‘chirish moslamasini olib, ichidagini hamma yoqqa sepib chiqqan va mebellarning aksariyatini sindirgan.

Birinchi qavatni ostin-ustun qilib bo‘lgach, Brayen ikkinchi qavatga chiqib, oshxonaga kirgan. U yerdagi muzlatkichdan muzlatib qo‘yilgan piroglar va tovuq oyoqlarini olib, mikroto‘lqinli pechda isitib yegan.

Ertalab voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar behush yotgan jinoyatchi ishonib bo‘lmas darajada ko‘p miqdorda pirog yeb qo‘yganligini aniqlashgan. Yana mikroto‘lqinli pechda boshqa yeguliklar ham isitilgan holda qolib ketganligi ma’lum bo‘lgan. Politsiyachi Brayenni hushiga keltirib, psixotrop moddalar qabul qilganligini so‘raganida, u: “Umid qilamanki, shunday bo‘lgan”, – deya javob bergan.

Salon sohibasi Sara Freyzer to‘polonchi yetkazgan zararni minglab dollarga baholadi. MakKarenning qilig‘ini esa u “o‘taketgan bema’nilik”, deya izohladi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar