Daryo

Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbarining adashiga AQSh do‘konida krossovka sotishmadi

Ma’lum bo‘lishicha, buyurtmachini Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbari bilan adashtirishgan

1 daqiqa o‘qish19 688 ko‘rishlar0 izoh0
RF prezidenti ma’muriyati rahbari Sergey Ivanov / Foto: itar-tass.com

Qrim voqealari sababli bir qator rossiyaliklar qatori, Rossiya Federatsiyasi prezidenti ma’muriyati rahbari Sergey Ivanovga nisbatan ham sanksiya e’lon qilinganidan xabaringiz bor. Yaqinda shu sababli aynan Sergey Ivanov ism-familiyali mutlaqo boshqa bir rossiyalik internet-do‘kondan krossovka xarid qila olmadi. Bu haqda “Rossiya 1” telekanali xabariga asoslanib “ITAR-TASS” ma’lum qilmoqda.

RF prezidenti ma’muriyati rahbari Sergey Ivanov / Foto: itar-tass.com

Sankt-Peterburgdagi “Metro” gazetasi xodimi bo‘lgan Sergey Ivanov krossovka sotib olish uchun AQShdagi internet-do‘konga buyurtma bergan, ammo unga rad javobini berishgan. Do‘konning javob xatiga ko‘ra, buyurtmachining ismi, familiyasi va otasining ismi AQSh hududidan pochta jo‘natmalari yuborilishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan. Ma’lum bo‘lishicha, buyurtmachini Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbari bilan adashtirishgan. Vaziyatdan chiqib ketish uchun buyurtma boshqa birovning ismiga rasmiylashtirildi va sotib olindi.

Bundan xabar topgan prezident ma’muriyati rahbari o‘z adashiga maktub yo‘lladi. Unda shunday deyiladi:
Muhtaram yurtdoshim va adashim! AQSh ma’muriyati tomonidan menga joriy etilgan sanksiyalar siz uchun noqulayliklar tug‘dirganligini bilib hayratga tushdim. Sizga yuboriladigan jo‘natmani ushlab qolishibdi... Ehtimol, bu kabi holatlarga keyin ham duch kelarmiz, axir, mamlakatda o‘n minglab Sergey Ivanovlar mavjud. Ammo, ishonamanki, biz birgalikda bu kabi ko‘ngilsizliklarni bartaraf etamiz. Bu holat misolida biz Amerikaning qo‘rqinchli sanksiyalarini qanday “aylanib o‘tish” mumkinligini ko‘rdik. Samimiyat bilan, S. Ivanov.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar