Daryo

AQShda ikki yoshli bola o‘z opasini otib o‘ldirdi

Bola o‘qlangan to‘pponchani ota-onasining yotoqxonasidan topib olgan. O‘q qizning ko‘kragiga tekkan; uning jonini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan

1 daqiqa o‘qish17 421 ko‘rishlar0 izoh0

AQShning Pensilvaniya shtatidagi Filadelfiya shahrida ikki yashar bola o‘zining o‘n bir yoshli opasini to‘pponchadan otib qo‘ydi. Bu haqda 6-aprel kuni shahar politsiyasi vakillari xabar berishdi, deb yozadi “ITAR-TASS”.

Foto: itar-tass.com

Xabarga ko‘ra, bola o‘qlangan to‘pponchani ota-onasining yotoqxonasidan topib olgan va opasini otgan. O‘q qizning ko‘kragiga tekkan; uni kasalxonaga eltishgan, ammo jonini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Politsiyachilarning aytishlaricha, bu paytda bolalarning onasi uyda bo‘lgan, ammo o‘z yumushlari bilan narigi xonaga chiqqan. Bolalar qarovsiz qoldirilgan bir necha daqiqa ichida shu fojia yuz bergan.

Keyinchalik aniqlanishicha, uyga to‘pponchani shu xonadonning do‘sti keltirgan bo‘lgan.
Hozircha bu ish bo‘yicha hech kimga ayblov e’lon qilinmagan. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashlaricha, qizning o‘limini baxtsiz hodisa sifatida qayd etishlari mumkin.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar