Daryo

Xitoyda 5,3 magnitudali zilzila sababli 20 mingdan oshiq kishi evakuatsiya qilindi

Provinsiyada 2700 ga yaqin bino shikastlangan, shulardan 70 dan ortig‘i butkul vayron bo‘lgan. O‘pirilishlar sababli ayrim yo‘llar ham qisman ishdan chiqqan

1 daqiqa o‘qish17 623 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: vesti.ru

5-aprel kuni Xitoyning janubi-g‘arbidagi Yunnan provinsiyasida 5,3 magnitudali zilzila yuz berdi. Tabiiy ofatda 20 dan oshiq kishi jabr ko‘rdi, uylar shikastlanganligi sababli 20 mingdan oshiq aholi evakuatsiya qilindi, deb yozadi Vesti.ru.

Foto: vesti.ru

Provinsiyada 2700 ga yaqin bino shikastlangan, shulardan 70 dan ortig‘i butkul vayron bo‘lgan. O‘pirilishlar sababli ayrim yo‘llar ham qisman ishdan chiqqan. Ofat yuz bergan joyga qutqaruvchilar va insonparvarlik yordamlari jalb etilgan, evakuatsiya nuqtalari tashkil etilgan. Elektr ta’minotida yuzaga kelgan uzilishlar bartaraf etilgan.

Zilzila o‘chog‘i Siludu aholi yashash joyi yaqinida, 13 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Undan 15 kilometr uzoqlikda esa yirikligi jihatidan mamlakatda ikkinchi o‘rinni egallovchi gidroelektr stansiyasi joylashgan. Hukumatdan xabar berishlaricha, GES odatdagidek ishlamoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar