Daryo

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati–2014’ni “to‘pning ko‘zi bilan” ko‘rish mumkin bo‘ladi

7-apreldan boshlab ishlab chiqaruvchining saytida 360º ko‘rinishdagi fotosuratlarni tomosha qilish va sovrinli o‘yinlarda ishtirok etish mumkin bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish25 869 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: lookatme.ru

Bu yil Braziliyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun Adidas firmasi maxsus to‘plar tayyorlagan. Ulardan har birining ichiga oltita HD-kamera o‘rnatilgan. Bu haqda Look At Me nashri xabar bermoqda.

Foto: lookatme.ru

Adidas bu mahsulotini “brazuka” deb nomlagan. Chempionatning standart to‘plari ham shunday nomlanadi.

Firma o‘zining YouTube-kanalida bu to‘pning dunyo bo‘ylab sayohati aks ettirilgan videolavhani joylashtirmoqda. Shuningdek, @brazuca’ni Twitter’da ham kuzatib borish mumkin. 7-apreldan boshlab ishlab chiqaruvchining saytida 360º ko‘rinishdagi fotosuratlarni tomosha qilish va sovrinli o‘yinlarda ishtirok etish mumkin bo‘ladi.

Bu Adidas’ning marketing ishi bo‘lib qoladimi yoki o‘yinning bir qismiga aylanadimi – bunisi hozircha noma’lum. Ammo futbol to‘pidagi kamera orqali olingan ma’lumotlar ayrim bahsli masalalarni hal etishga yordam berishi kutilmoqda.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar