Daryo

Rossiya Ukraina iqtisodiyotining xaloskori deb e’tirof etildi

Lagardning e’tirofiga ko‘ra, o‘tgan yilning oxirida Ukraina iqtisodiyoti jar yoqasiga kelib qolgan edi va uni faqat Rossiyaning ko‘magi qutqarib qoldi.

1 daqiqa o‘qish17 745 ko‘rishlar0 izoh0
Kristin Lagard / Foto: dni.ru

Xalqaro valyuta jamg‘armasining boshqaruvchi direktori Kristin Lagardning e’tirofiga ko‘ra, o‘tgan yilning oxirida Ukraina iqtisodiyoti jar yoqasiga kelib qolgan edi va uni faqat Rossiyaning ko‘magi qutqarib qoldi. “Rossiyaning yordamisiz ular hech qayoqqa bora olmas edilar”, – deydi Lagard Amerikaning PBS telekanaliga bergan intervyusida.

Kristin Lagard / Foto: dni.ru

Jamg‘arma rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Ukraina hozir xorij yordamisiz o‘zini eplay bilmaydi, zero, byudjetdagi yetishmovchiliklar tufayli rasmiy Kiyev xalqaro kapital bozoriga chiqa olmaydi.

Shu bilan birga, u Xalqaro valyuta jamg‘armasi mablag‘larni “shunchaki” tarqatmasligini ta’kidladi. Jamg‘arma u yoki bu mamlakatga yordam ko‘rsatishi mumkin, ammo shu shart bilanki, davlatning o‘zi kelajakda xalqaro yordamsiz rivojlanish uchun o‘z iqtisodiyotini tiklash yo‘lida choralar ko‘rishi kerak.

Lagard shuningdek, Ukraina o‘z iqtisodiyot siyosatida “qiyin tanlov” oldida turganligini aytdi. Xususan, bu energiya tashuvchilarga “to‘g‘ri” narx qo‘yishni ham anglatadi. Bundan tashqari, Kiyev korrupsiyaga qarshi kurashishi va davlat boshqaruvining samarali tizimini tiklashi ham lozim.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar