Daryo

Angliya qirolichasi Rim papasiga viski va 10 ta tuxum hadya etdi

O‘z navbatida Fransisk ham qirolichaga ustiga xoch o‘rnatilgan tosh shar taqdim etdi. Bu sovg‘a qirolichaning evarasi shahzoda Jorjga atalgan

1 daqiqa o‘qish20 250 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: hellomagazine.com

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Rim papasi Fransisk bilan ilk bora uchrashdi. Turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp ikkalovi pontifikka Bukingem saroyi bog‘ida to‘plangan bir ko‘za asal, Shotlandiyadagi qirollik yer mulkidan keltirilgan bir shisha viski hamda o‘nta tuxum tortiq qilishdi, deya xabar beradi Associated Press.

eli7
Foto: ntv.ru

Qirolichaning izohiga ko‘ra, u papaga biror g‘ayriodatiy sovg‘a bergisi kelgan. O‘z navbatida Fransisk ham qirolichaga ustiga xoch o‘rnatilgan tosh shar taqdim etdi. Bu sovg‘a qirolichaning evarasi shahzoda Jorjga atalgan.

Avvalroq, 3-aprel kuni Yelizaveta II Kvirinal saroyida Italiya prezidenti Jorjo Napolitano bilan birga nonushta qilgan edi. Keyin esa u Vatikanga yo‘l olib, Rim papasi bilan yarim soat suhbatlashdi.

Fransisk Anglikan cherkovini boshqaruvchi Yelizaveta II shaxsan uchrashgan beshinchi pontifik bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar