Daryo

Yaponiyaning eng yirik mafiyasi o‘z saytini ochdi

Jurnalistning aytishicha, bunday sayt yaratishdan ko‘zlangan maqsad – “Yamaguti-gumi” jamiyatga foyda keltirayotganligini isbotlashga urinishdir.

1 daqiqa o‘qish19 548 ko‘rishlar0 izoh0
Skrinshot: Daryo

Yaponiyadagi eng yirik yakudza (jinoyatchilik guruhi) – “Yamaguti-gumi” o‘zining saytini ochdi. Unda “korporativ” madhiya hamda narkotiklarga qarshi kurashga chaqiriq chop etilgan. Yangi veb-resurs mafiyaga “jamiyatga qarshi” kuch sifatida qarashlarni rad etish hamda tashkilot a’zolarini jipslashtirish maqsadida ishga tushirilgan, deb yozadi Agence France-Presse.

Skrinshot: Daryo

Saytda guruh a’zolarining ibodatxonani ziyorat qilishlari jarayonidan olingan videoyozuv joylangan, unga saundtrek sifatida esa an’anaviy yapon uslubidagi qo‘shiq tanlangan. Qo‘shiq matnida “Yamaguti-gumi”ning ideallari – mardlik, adolatsizlikka qarshi kurash va ojizlarga ko‘maklashish kabilar ulug‘lanadi.

Shuningdek, saytdagi fotogalereyaga joylangan suratlarda guruh a’zolarining 2011-yilgi sunamidan hamda 1996-yilgi zilziladan keyin kishilarga yordamlashayotganlari aks etgan.

Yaponiyadagi jinoyat olami haqida ko‘p yozgan jurnalist Jeyk Adelshteynning aytishicha, bunday mazmundagi sayt yaratishdan ko‘zlangan maqsad – “Yamaguti-gumi” jamiyatga foyda keltirayotganligini isbotlashga urinishdir.

“Narkotiklarga qarshi kurashga tayyorligini bildirib, yakudza o‘zini xalqqa g‘amxo‘r qilib ko‘rsatmoqchi. Yakudzaning shiori – “Ojizlarga ko‘maklashish va kuchlilar bilan olishish”. Ammo amalda odatda buning teskarisi bo‘ladi”, – deydi jurnalist.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar