Daryo

Xitoydagi yangi okeanarium beshta rekordni yangiladi

132 gektar maydonni egallagan, 22,7 million litr sig‘imga ega okeanarium yettita qismdan iborat, ular orasida kinoteatr va dengiz jonivorlari sirki ham bor.

1 daqiqa o‘qish16 453 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: uzreport.uz

Xitoyning Xenkin shahrida dunyodagi eng katta okeanarium ochildi. Bu xususda Daily Mail xabariga asoslanib UzReport.uz ma’lum qilmoqda.

article-2594168-1CBD76E000000578-850_964x641
Foto: dailymail.co.uk

Chimelong deb atalgan ushbu okeanariumning qurilishi uch yil davom etdi. Loyihaga 810 million dollardan ortiq mablag‘ sarflandi. Okeanarium biryo‘la beshta rekordni, jumladan, eng qimmat okeanarium rekordini ham yangiladi va Ginnessning rekordlar kitobidan joy oldi.

Okeanarium 132 gektar maydonni egallagan, uning hajmi esa 22,7 million litr sig‘imga ega. U Chimelong Hengqin Bay Hotel nomli, dunyodagi eng yirik dengiz mehmonxonasi majmuasi tarkibiga kiradi. Okeanarium yettita turli qismlardan iborat, ular orasida kinoteatr va dengiz jonivorlari sirki ham bor.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar