Daryo

Ispaniya AQSHga Eronga hujumda uning bazalaridan foydalanishni taqiqladi

AQSH va Ispaniyaning qo‘shma boshqaruvida ikkita baza bor. Ispaniya suvereniteti ostida qolayotgan bazalar harbiy operatsiyada ishtirok etmaydi.

1 daqiqa o‘qish51 352 ko‘rishlar0 izoh93

Ispaniya Eronga qarshi hujumlar uchun AQSHga Rota va Moron harbiy bazalaridan foydalanishga ruxsat bermaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares ma’lum qildi.

Vazir AQSH va Ispaniyaning qo‘shma boshqaruvida bo‘lgan, ammo Ispaniya suvereniteti ostida qolayotgan bazalar harbiy operatsiyada ishtirok etmasligini ta’kidladi.

Ispaniya bazalari ushbu operatsiya uchun ishlatilmaydi. Ular AQSH bilan tuzilgan kelishuvda ko‘zda tutilmagan yoki BMT Nizomiga mos kelmaydigan harakat uchun foydalanilmaydi, dedi Albares.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH va Isroilning Eronga zarbalari boshlanganidan keyin Ispaniya janubidagi bazalardan Amerikaning 15 ta samolyoti havoga ko‘tarilgan. Parvozlarni kuzatuvchi FlightRadar24 xizmati ulardan kamida yettitasi Germaniyaning Ramshtayn aviabazasiga qo‘nganini ma’lum qilgan. Gap, xususan, Ispaniyada doimiy asosda joylashtirilgan Boeing KC-135 Stratotanker yonilg‘i quyuvchi samolyotlari haqida bormoqda.

To‘qqizta yonilg‘i quyuvchi samolyot Moron bazasidan uchib, Germaniyaga yo‘l olgan. Yana ikkita samolyot Rot bazasini tark etib, Fransiya janubiga yo‘l olgan. Qolgan to‘rtta reysning yo‘nalishi ko‘rsatilmagan.

Avvalroq Buyuk Britaniya Eronga qarshi operatsiya uchun o‘z bazalarini taqdim etishga rozi bo‘lmagandi. Biroq 1-mart kuni bosh vazir Kir Starmer “jamoaviy o‘zini o‘zi mudofaa qilish”ni ro‘kach qilib, AQSHning ulardan foydalanishni ma’qulladi. Dastlabki kechikish uchun AQSH prezidenti Donald Tramp uni tanqid qilgan edi.

Ispaniya AQSH va Isroilning Eron hududiga bergan zarbalarini qoraladi. Bosh vazir Pedro Sanches boshchiligidagi hukumatning pozitsiyasi mintaqadagi boshqa bir qator mamlakatlardan ajralib turadi va Madridning Vashington bilan munosabatlarini murakkablashtirishi mumkin.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar