Daryo

Turkiyada muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazilishi mumkin

Hukmron partiya Erdo‘g‘onni yana prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatmoqchi

1 daqiqa o‘qish10 314 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiyada 2027-yil noyabr oyida muddatidan oldin prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda parlamentning raqamli ommaviy axborot vositalari qo‘mitasi rahbari Husayn Yaymanga tayanib, Dunya Gazetesi xabar berdi.

Foto: Anadolu
2027-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlarida yana prezidentimiz (Rajab Toyyib Erdo‘g‘on) nomzodini ilgari suramiz va Turkiya osmonida yana Respublikachilar alyansi bayrog‘i hilpiraydi. Boshqa nomzodlarga ehtiyoj yo‘q, dedi Yayman partiyadoshlari bilan uchrashuvda.

Erdo‘g‘on 23-fevral kuni hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari lavozimiga qayta saylandi. U partiya qurultoyida so‘zlagan nutqida unga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirdi.

Siyosatchiga ko‘ra, fraksiya 23,5 yil ichida hech qachon Turkiyani ham, xalqni ham xafa qilmagan va bundan keyin ham bunday qilmaydi. Bundan oldin Erdo‘g‘on 2028-yilda mamlakatda prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkazilgandan so‘ng “yangi Turkiya va Istanbulni” barpo etishini ma’lum qilgan edi.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2014-yildan buyon Turkiya prezidenti bo‘lib kelmoqda. Bungacha u 2003-yildan buyon mamlakat bosh vaziri bo‘lgan. 2023-yilgi saylovlarda u 52,14 foiz ovoz to‘pladi. Raqibi, muxolifatdan yagona nomzod Kemal Qilichdaro‘g‘li esa 47,86 foiz ovoz olgan edi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar