Daryo

O‘zbekiston oltin eksportini 84 foizga ko‘paytirdi

Mamlakat joriy yilda oltin sotuvi rekordlarini yangilamoqda. Respublikaning 7 oylik eksport tushumlaridan 37,7 foizi qimmatbaho metall sotuvidan kelgan

1 daqiqa o‘qish6 967 ko‘rishlar0 izoh0

Mamlakat yetti oyda o‘tgan yil mos davridagidan 3,5 milliard dollarga ko‘proq oltin sotdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi tahlilida maʼlum qilingan.

Foto: Getty images

Joriy yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 44,4 milliard dollarga yetdi (2024-yil mos davridagidan 19,9 foiz ko‘p). Bunda respublika eksporti hajmi 20,1 milliard dollar (o‘sish 34,9 foiz), import 24,3 milliard dollar ( o‘sish 9,9 foiz) bo‘lgan.

Yetti oy davomida mamlakat qariyb 7,7 milliard dollarlik oltin eksport qilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davridagiga qaraganda 83,7 foizga ko‘p. Oltin sotuvi respublika umumiy eksportining 37,7 foizini tashkil etgan.

O‘tgan iyul oyida O‘zbekiston eksporti tushumlari 3,2 milliard dollar bo‘lgan. Shuning qariyb 1,1 milliard dollari oltin sotuvidan kelgan.

2025-yil iyun oyida dunyo markaziy banklari jami 22 tonna oltin sotib olgan. Shundan 9 tonnasini O‘zbekiston Markaziy banki xarid qilib, dunyoda birinchi o‘rinni egallagan. Mamlakat joriy yil birinchi yarmida 18 tonnaga yaqin qimmatbaho metall sotib, savdo hajmi bo‘yicha yil boshidan berijahonda yetakchilik qilmoqda.

O‘zbekistonda joriy yil I yarmida 56,7 tonna oltin qazib olingan. Bu raqam o‘tgan yil mos davridagiga qaraganda 3,8 foizga yuqori. 

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar