Daryo

Tramp va rafiqasi boʻlgan mehmonxonada otishma yuz berdi (video)

Hodisa jurnalistlar uchun tashkil etilgan kechki ziyofatda sodir boʻldi. Prezident va mehmonlar xavfsizlik tufayli evakuatsiya qilindi. Tramp oʻt ochgan shaxs ushlanganini ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qish8 514 ko‘rishlar0 izoh5

AQSH prezidenti Donald Tramp va uning ma’muriyati a’zolari boʻlgan mehmonxonada noma’lum shaxs oʻt ochdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Hodisa 25-aprel kuni Washington Hilton mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasining yillik kechki ziyofatida yuz berdi. Oqibatda AQSH Maxfiy xizmati va boshqa xavfsizlik organlari Trampning nutqini kutayotgan yuzdan ortiq odam o‘tirgan mehmonxonaning ziyofat zalini qurshab oldi.

Ba’zi ishtirokchilar beshdan sakkiztagacha o‘q ovozini eshitganini aytmoqda. Qurollangan shaxsning oʻzi zalga kirmagan, voqea mehmonxonaning boshqa xonalaridan birida sodir bo‘lgan.

Tadbirda Trampdan tashqari uning rafiqasi Melaniya Tramp, vitse-prezident Jey Di Vens, mudofaa vaziri Pit Hegset va davlat kotibi Marko Rubio ham ishtirok etayotgandi. Ular va tadbirga taklif qilingan boshqa jurnalistlar ham evakuatsiya qilingan. Mehmonxonada xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Tramp: Oʻt ochgan shaxs ushlandi

Oq uy matbuot xizmati gumonlanuvchi qo‘lga olganini ma’lum qildi. Erkakning ushlanganini AQSH prezidenti ham tasdiqladi.

“Vashingtonda Kolumbiya okrugida sermazmun oqshom bo‘ldi. Maxfiy xizmat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar a’lo darajada ish olib bordi. Ular tez va jasorat bilan harakat qildi. Oʻt ochgan shaxs qo‘lga olindi, men esa ‘shouni davom ettirish’ni tavsiya qildim, biroq to‘liq huquqni muhofaza qiluvchi organlar tavsiyalariga amal qilaman”, dedi prezident.

Trampning aytishicha, hodisa sabab jurnalistlar bilan uchrashuvni boshqa vaqtga ko‘chirishga qaror qilingan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar