• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Kalmar o‘yini” serialining 2-mavsumidagi ko‘pchilik e’tibor bermagan muhim detallar (foto)

    Netflix nihoyat platformaning butun tarixi davomidagi eng mashhur shou — “Kalmar o‘yini”ning uzoq kutilgan ikkinchi mavsumini taqdim etdi. Qiziqarli syujet, ramziy kiyimlar va yorqin dekoratsiya, shuningdek, yangi va sevimli qahramonlardan iborat aktyorlar tarkibi tufayli serial darhol ommalashdi. Lekin serialda shunday detallar borki, ular sinchkov tomoshabinlarni o‘ylantirib qo‘ymoqda.

    • In Xoning soch turmagi xuddi San Unikiday
    • In Xo sut ichmaydi
    • Ki Xun jamoasi oxirgi bo‘lib o‘ynaydi
    • Balandlikdagi o‘yin
    • Shaxmat
    • In Xoning xotinini qutqarish uchun imkoniyati bo‘lgan
    • Titrdan keyingi sahna

    In Xoning soch turmagi xuddi San Unikiday

    In Xo o‘yin boshidan beri o‘zi yaratgan bahsli vaziyatlarda Ki Xunning reaksiyasini kuzatib boradi. Masalan, In Xo ovoz berish paytida ko‘k tugmani bosganida Ki Xunning bunga munosabatini ko‘rish uchun darhol o‘giriladi. Shuningdek, In Xoning soch turmagi birinchi mavsumdagi Ki Xunning do‘sti San Uning soch turmagi bilan bir xil. Ehtimol, u shu yo‘l bilan Ki Xunda o‘ziga yaqinlashtiruvchi his-tuyg‘ularni uyg‘otmoqchi yoki aksincha, uning g‘azabini qo‘zg‘atmoqchi bo‘lgandir.

    In Xo sut ichmaydi

    Bundan tashqari, In Xo Ki Xun ustidan ochiqchasiga kulayotganga o‘xshaydi. Birinchi mavsumda 456-raqamli o‘yinchi ovqat hazm qilish muammosi borligini aytib, shokoladli sut so‘ragandi. Bu Il Namni quvontirgan, u o‘g‘lining ham xuddi shunday ekanligini ta’kidlagandi. Ikkinchi mavsumda esa In Xo xuddi Ki Xunni masxara qilayotgandek, sutni homilador qizga beradi. Tomoshabinlar fikricha, Il Nam o‘g‘li ham oddiy sutni icha olmasligi haqida gapirganida, u aslida o‘yin yaratuvchisining o‘g‘li bo‘lgan In Xoni nazarda tutgan.

    Ki Xun jamoasi oxirgi bo‘lib o‘ynaydi

    In Xoning jamoasi oxirgi bo‘lib chiqishi ham tasodifiy emasligini ta’kidlash lozim. In Xo yutqazishi mumkinligini anglab, oxirgi bo‘lib chiqadi. Barcha o‘yinchilar ko‘z o‘ngida bunday qilish xato bo‘lardi, chunki u shaxsiyatini ishtirokchilardan yashirin saqlaydi. Shuning uchun In Xo ehtiyot chorasi sifatida oxirgi bo‘lib chiqadi: agar u yutqazganda, uning jamoasidagi barcha a’zolar otib tashlanardi, o‘zi esa tashkiliy ishlariga qaytardi.

    Balandlikdagi o‘yin

    Birinchi mavsumda keyingi o‘yinlar haqida devorda ko‘rsatmalar bor edi. Ikkinchi mavsumda ham bu takrorlanadi. Keyingi o‘yinlardan biri qandaydir tirmashib chiqishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ehtimol, qahramonlar to‘siqlardan ushlab turishlari va ularga nimadir xalaqit bermaguncha oldinga siljishlari kerak bo‘ladi. Bu o‘yin qahramonlar shisha ko‘prikdan o‘tishga majbur bo‘lgan birinchi mavsumning so‘nggi o‘yiniga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

    Shaxmat

    Devorlardagi o‘yinlar haqidagi yana bir ishora ikki xil rangdagi: qora va oq geometrik shakllar bilan bog‘liq. Ba’zi muxlislar buni changi — Janubiy Koreya shaxmati bilan bog‘lashmoqda. Bunda o‘yinchilar soni o‘yindagi kerakli figuralar soniga teng bo‘ladi va keyingi sinov qanday bo‘lishini bilishdan oldin o‘yinchilar ikki jamoaga bo‘linib, ikkita sardor tanlashlari kerak bo‘ladi. Ulardan biri, shubhasiz, Ki Xun bo‘ladi. Xuddi “Garri Potter”dagi kabi, u boshqalarni qutqarish uchun ayrim odamlarni qurbon qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa Ki Xunni keyingi o‘yinning shafqatsiz boshlovchisiga aylantirishda yana bir qadam bo‘lishi mumkin.

    In Xoning xotinini qutqarish uchun imkoniyati bo‘lgan

    “Kalmar o‘yini” birinchi mavsumining voqealari 2020-yilda sodir bo‘ladi va aynan shu paytda keyinchalik boshlovchiga aylangan Xvan In Xoning 2015-yilgi o‘yinlarda ishtirok etgani ma’lum bo‘ladi. Ikkinchi mavsum 2023-yilda kechadi va ikkinchi qismda tomoshabin In Xo 2018-yilda xotinidan ayrilganini biladi. Gap shundaki, u o‘yinga rafiqasini qutqarish uchun kelgan, biroq In Xo 2015-yilgi o‘yinni nazarda tutganini aniqlashtirmagan. Shundan ma’lum bo‘ladiki, In Xoda xotinini qutqarish uchun yana uch yil vaqti bor edi, ammo u bunday qilmaydi. Ukasi Jun Xo In Xoning yashash joyini topib, u juda qashshoqlikda hayot kechirayotganini va hatto kvartira uchun to‘lov qilishga puli yo‘qligini biladi. Chamasi, In Xo Ki Xun kabi bo‘lgan: o‘yinda g‘alaba qozongandan so‘ng u yutuqqa qo‘l ura olmagan va hatto bu pulni xotiniga sarflashga o‘zida kuch topa olmagan, keyin esa butunlay qaytib kelgan.

    Titrdan keyingi sahna

    Titrlardan keyingi sahnada o‘yinchilar eski o‘g‘il bola qo‘g‘irchoqqa yaqinlashadilar, keyin esa kadr temir yo‘l kesishmalariga xos bo‘lgan svetoforga o‘tadi. Muxlislarning fikriga ko‘ra, bu Janubiy Koreyada juda mashhur bo‘lgan Dong dong o‘yini bo‘lishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, bir necha juft odamlar ma’lum bir tarzda turadi va har bir juftlik boshqa o‘yinchilar o‘tadigan aylanaga o‘xshaydi. Bu vaqtda bolalar qo‘shiq aytishadi va qo‘shiq tugagach, aylana yopiladi va unga tushgan bolalar yangi qo‘riqchilarga aylanadi. “Kalmar o‘yini”dagi aylanalar sun’iy bo‘lishi va ishtirokchilar qo‘shiq tugagunga qadar sakrab o‘tishga umid qilib, ular orqali yugurishlari mumkin, ammo yugurishga ulgurmaganlarni esa ayanchli taqdir kutadi.

    9 yanvar, 17:35   Izoh (0)   54465
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #koreys seriallari#“Kalmar o‘yini”

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Beg‘ubor muhabbat haqida hikoya qiluvchi Janubiy Koreya tarixiy seriallari 

    26.04.2024, 18:20

    Yaxshi kunlar hali oldinda: hayot naqadar go‘zalligiga ishonch baxsh etuvchi koreys seriallari (treyler) 

    30.05.2024, 13:50

    Kinotavsiya: Yuragingiz tubidagi eng nozik hislarni uyg‘otib yuboradigan koreys seriallari

    12.06.2024, 09:37

    Bir o‘tirishda tomosha qilasiz: birinchi daqiqalardanoq ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan koreys seriallari

    20.06.2024, 14:29

    Dramalar davrini boshlab bergan eng yaxshi koreys seriallari 

    10.08.2024, 10:50

    Faqat “Kalmar o‘yini emas”: qiziqarli syujetga boy eng yaxshi koreys seriallari

    23.08.2024, 13:13

    Ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan koreys detektiv seriallari

    21.09.2024, 13:55

    Romantika mavsumi: fantastika janridagi eng yaxshi koreys seriallari

    24.09.2024, 16:03

    Film so‘ngigacha kiprik qoqmay tomosha qilinadigan koreys seriallari (treyler) 

    15.10.2024, 19:10

    Ancha vaqt ta’siridan chiqib keta olmaysiz: Eng qo‘rqinchli koreys seriallari

    22.10.2024, 17:05

    Netflix tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi 5 ta koreys seriali (treyler) 

    28.10.2024, 18:40

    Qiziqarli syujeti bilan har qanday Gollivud filmlarini ortda qoldiradigan chet el seriallari

    07.11.2024, 17:50

    Hamma narsadan charchaganlar uchun: hayotga va ishga ishtiyoq uyg‘otadigan koreys seriallari

    21.11.2024, 09:55

    Koreys seriallari yulduzlari bitta qism uchun qancha gonorar oladi?

    22.11.2024, 14:52

    Yangi yil kayfiyatini yaratishga yordam beradigan koreys seriallari

    28.12.2024, 11:52
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda 18 yoshgacha bo‘lganlar mehnat qilishi mumkin bo‘lgan yengil turdagi ishlar va kasblar ro‘yxati tuzildi

    O‘zbekiston | 19 may, 09:25

    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi

    Reklama | 19 may, 09:00

    Ferdinand: “Men bu bolaning o‘yinlarini stadiondan kuzatdim, bu — fantastika”

    Sport | 19 may, 09:17

    Ularning miyasi boshqacha ishlaydi: millionlab kishilarning sevimlisiga aylangan 6 mashhur shaxs

    Layfstayl | 19 may, 08:55

    Jo Baydenda saraton aniqlandi

    Dunyo | 19 may, 08:30

    A Seriya. “Roma” “Milan”ni ishonchli hisobda yengdi. Shomurodov 84-daqiqa o‘ynadi(video)

    Sport | 19 may, 07:22

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.