• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12892.91
    • RUB160.34
    • EUR14512.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Mo‘g‘uliston prezidentining O‘zbekistonga birinchi davlat tashrifi haqli ravishda tarixiy bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

    Mo‘g‘uliston prezidentining O‘zbekistonga birinchi davlat tashrifi haqli ravishda tarixiy bo‘ldi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bergan bayonotida aytib o‘tdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, yetakchilar ochiq va ishchan muhitda bo‘lib o‘tgan muloqotning samarali natijalaridan mamnun ekanliklarini, amaliy hamkorlikning barcha asosiy yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqilganini ta’kidladi.

    Davlat rahbari Mo‘g‘uliston prezidentining ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi birinchi tashrifi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stligini mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan o‘zaro intilishning tasdig‘i bo‘lganini qayd etdi.

    “Mo‘g‘uliston biz uchun Osiyo mintaqasidagi an’anaviy va ishonchli hamkordir. O‘zbekiston—Mo‘g‘uliston munosabatlari do‘stlik, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan bo‘lib, kon’yunkturaga bog‘liq emas”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, davlat rahbarlarining Samarqand va Dubayda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlaridan so‘ng barcha darajalardagi aloqalar faollashdi. Tizimli siyosiy muloqot o‘rnatildi. 24-iyun kuni Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi rasman ochiladi.

    Muzokaralar chog‘ida hamkorlikning yangi kun tartibi kelishib olindi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar, jumladan, BMT, SHHT va boshqalar doirasida yaqin muloqotlarni va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishdi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Mamlakatlar bir-birini samarali to‘ldirishi mumkin bo‘lgan tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasining aniq yo‘nalishlari ham belgilandi.

    Mineral resurslarni qazib olish va qayta ishlash, Qoraqalpog‘iston, Namangan viloyati va boshqa hududlarda chorvachilik majmualarini, go‘shtni qayta ishlash klasterini tashkil qilish, yengil sanoatda jun va terini chuqur qayta ishlash, shuningdek, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash va boshqa ko‘plab sohalardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    “Mo‘g‘uliston prezidentining O‘zbekistonga birinchi davlat tashrifi haqli ravishda tarixiy bo‘ldi va ko‘p qirrali hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi. Birgalikdagi katta ishlarimizning birinchi amaliy natijalarini tez fursatda ko‘ramiz, deb ishonaman”, — dedi O‘zbekiston prezidenti so‘zining yakunida.

    Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi Luvsandorj Bolorsetseg hamrohligida O‘zbekistonga 23-iyun kuni tashrif buyurgan edi. 24-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida ularni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan kelgan Mo‘g‘uliston yetakchisi 26-iyungacha davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. 

    Davlat tashrifi doirasida prezidentlarning ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvi hamda qator boshqa ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    Mo‘g‘uliston prezidenti Xiva shahriga ham tashrif buyurib, o‘zbek xalqining boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi.

    24.06.2024, 15:35   Izoh (0)   3628
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ko‘ksaroyda Mo‘g‘uliston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

    24.06.2024, 11:30

    “Yangi bozor ochish uchun keldik” — Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga tashrifi sababi haqida

    24.06.2024, 11:42

    O‘zbekiston—Mo‘g‘uliston hamkorligini kengaytirishga qaratilgan 14 ta hujjat imzolandi 

    24.06.2024, 14:24

    “Nima uchun yopildik, bilmaymiz”. Qashqadaryoda tadbirkor 2 ta metan zapravkasiga uch oydan beri gaz berilmayotganini aytmoqda 

    24.06.2024, 14:36

    O‘zbekistonda havo harorati yana ko‘tarilishi kutilmoqda

    24.06.2024, 13:59

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston hamkorligining bir qator yo‘nalishlari aniqlab olindi

    24.06.2024, 13:34
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qatar hukumatga qarshi kurashda Suriya xavfsizlik kuchlariga yordam bermoqda — OAV

    Dunyo | 21 may, 17:30

    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda

    Reklama | 21 may, 16:30

    Aziz Sanjar “Turkiy dunyo birligiga qo‘shgan hissasi uchun” Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 21 may, 17:22

    O‘zbekistonda eng qimmat “chiroyli” avtoraqam sotildi

    O‘zbekiston | 21 may, 17:10

    “Hayvonlar shahri 2”ning birinchi tizer-treyleri chiqdi: Judi va Nik qaytmoqda

    Layfstayl | 21 may, 16:55

    “Barselona”da hal qilinishi kerak bo‘lgan bir qancha muammolar bor

    Sport | 21 may, 16:45

    AQSH kosmosga qurol-yarog‘ joylashtiradi

    Dunyo | 21 may, 16:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.