O‘zbekiston milliy terma jamoasining 18 yoshli himoyachi Behruz Karimov 2026 yildagi jahon chempionatidagi o‘yinlari orqali xorijlik mutaxassislar va skautlar e’tiborini tortdi.
Bu haqda BlueCo Xtra o'zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. Angliyaning "Chelsi" va Fransiyaning "Strasburg" klublariga egalik qiluvchi BlueCo tuzilmasi mutasaddilarini o‘zbek futbolchisiga jiddiy e’tibor qaratmoqda.
"BlueCo korporatsiyasi "Strasburg" yoki "Chelsi" uchun Behruz Karimovni (18 yosh, o‘ng qanot himoyachisi, universal himoyachi) xarid qilishi kerak. Behruz O‘zbekistondan chiqqan katta iste’dod. Himoyadagi kurashlarda juda faol va qanotda elita darajasidagi raqiblarni to‘xtatish vazifasini bajaradi", — deya ta’kidlanadi nashr bayonotida. Futbol skautlari Behruzning Portugaliyaga qarshi uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilgan.

Turnir statistikasigа ko‘ra, Karimov jahon chempionatidagi ikkita uchrashuvi davomida 15 marta to‘pni raqibdan qaytarib olgan, 34 marotaba maydondagi yakkakurashlarda ishtirok etgan. Shuningdek, u ikki o‘yinda ham dribling bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi — uning hisobida 6 ta muvaffaqiyatli aldash harakati qayd etilgan.
Behruz Karimov Toshkentdagi Respublika Olimpiya zahiralari kollejі tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarida tajriba oshirgan. Iqtidorli himoyachi 2025 yilning boshidan beridan "Surxon" jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.








