Daryo

Isroil harbiylari G‘azodagi masjidda Qur’onni yoqib yubordi (video)

HAMAS holat yuzasidan arab va musulmon davlatlari hamda tashkilotlariga murojaat qildi

1 daqiqa o‘qish43 376 ko‘rishlar1 izoh0

Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi masjidda Qur’onning nusxalarini yirtib yoqib yubordi. HAMAS holat yuzasidan arab va musulmon davlatlari hamda tashkilotlariga murojaat qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Videodan kadr
“Qur’on nusxalarining yoqib yuborilishi, masjidlarning tahqirlanishi va vayron qilinishi ushbu tuzumning nafratga to‘la jinoiy askarlarining ekstremistik xususiyatini hamda ularning millatimizning o‘ziga xosligi va muqaddasligiga aloqador har qanday narsaga nisbatan fashistik xatti-harakatlarini tasdiqlaydi”, deyiladi HAMAS bayonotida.

Kameraga muhrlangan tasvirlarda Isroil askarlari G‘azodagi Bani Salih masjidida Qur’on sahifalarni yirtib, ularni yoqayotgani aks etgan. Bundan tashqari, Xon Yunusdagi tarixiy masjidning bombardimon qilinishini ham ko‘rish mumkin.

Isroil so‘nggi 10 oy ichida G‘azodagi 610 ta masjid va uchta cherkovni butunlay vayron qilgan. HAMAS dunyo hamjamiyatiga murojaat qilib, Falastindagi musulmon va nasroniy ziyoratgohlarini himoya qilish, G‘azoga qarshi “yirtqich urush”ni to‘xtatish uchun harakat qilishga chaqirmoqda. Isroil hujumi oqibatida 40200 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi va qamaldagi Falastin hududining katta qismini vayronaga aylantirdi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar