News cover

Yaponiya o‘zbekistonliklar bilan anime yaratishni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekistonda ilk bor Yaponiya ishtirokida animatsiya va kompyuter grafikasi sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazirlik hamda Yaponiyaning ELF-IN Co., Ltd kompaniyasi o‘rtasida animatsiya va CG sanoatini rivojlantirish, shuningdek, malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolangan. Hamkorlik doirasida animatsiya sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash uchun 700 ming dollardan ortiq grant ajratilishi kutilmoqda.

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

Muzokaralarda iqtidorli yoshlar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish, yumshoq ko‘nikmalarni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, masofaviy xizmatlarni kengaytirish hamda raqamli xizmatlar eksportini oshirish masalalari muhokama qilingan.

Hamkorlik doirasida Yaponiya bozori uchun yo‘naltirilgan animatsiya ta’limi yo‘lga qo‘yilishi, yetakchi yapon mutaxassislari jalb etilishi, kompaniyaning O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasi ochilishi va yuqori maoshli ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, milliy o‘zbek anime mahsulotlarini yaratish va ularni xalqaro bozorlarga olib chiqish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida yapon madaniyatiga bag‘ishlangan “Japanistan” madaniy markazini (anime-kafe, yapon restorani, savdo va biznes muloqot maydonlari) tashkil etish hamda intellektual mulkni himoya qilish, tarjima va lokalizatsiya sohalarida mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Bugun, 18:32

Videolar

News cover

Moskvada zirhli texnikalarsiz parad: bunga degradatsiya sababmi yo xavfsizlik?

News cover

“Ayolimni tirik qolganiga shukr qilaman” — Mirzo Ulugʻbek tumanidagi YTH tafsilotlari

News cover

Uch bolali ayolga “Prezident sovgʻasi” sifatida berilgan uy tortib olinyapti

News cover

“Toj Mahal bo‘p ketibdi” — Imom Buxoriy majmuasidan reportaj

News cover

U Birinchi jahon urushida teatr qo‘ygan. Hamza uy-muzeyidan reportaj

Teglar

Ijtimoiy tarmoqlar: