Daryo

Rossiyada maktabga bormaydigan migrant bolalarni oilasi bilan haydash taklif qilindi

Kamida 300 ming nafar chet ellik bola maktabga bormasligi ma’lum qilindi

1 daqiqa o‘qish3 832 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyada maktabga bormaydigan migrant bolalarni oilasi bilan mamlakatdan chiqarib yuborish taklif qilindi. Rossiya prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirish kengashi raisi Valeriy Fadeyev shunday taklifni ilgari surdi. 

Foto: BBC

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada 785 593 nafar “voyaga yetmagan chet el fuqarosi” istiqomat qiladi. Ammo ulardan faqat 192 254 nafari Rossiya muassasalarida ta’lim olayotganlar sifatida ro‘yxatga olingan.

Rossiyadagi chet ellik bolalarning umumiy soniga maktabgacha yoshdagi bolalar ham kiradi, deydi Fadeyev.

Shunga qaramay, u qolgan voyaga yetmaganlarning kamida 300 ming nafari Rossiyadagi maktablarga borishi kerakligini aytdi. Rossiya Konstitutsiyasining 43-moddasi va Oila kodeksining 63-moddasiga asosan, barcha ota-onalardan farzandlarining umumiy ta’lim olishini ta’minlash talab etiladi.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham ota-onalarga shunga o‘xshash majburiyatlar yuklanadi (Qirg‘iziston konstitutsiyasining 46-moddasi, Tojikiston konstitutsiyasining 15-moddasi, O‘zbekiston konstitutsiyasining 50-moddasi). Tojikistonda esa o‘rta ta’lim, ya’ni maktabning 11-sinfi majburiy hisoblanadi, deydi Fadeyev.

Uning fikricha, Rossiyaga kelgan muhojirlar farzandini maktabga bermasligi “mamlakatdagi yuz minglab bolalarning” huquqlarini buzadi.

Agar chet el fuqarolari o‘zlari turgan mamlakatning qonunlariga rioya qilishni istamasa, vatanlariga qaytib ketsinlar. Farzandlarining ta’lim olish huquqini esa o‘zlari kelgan mamlakat ta’minlaydi, degan amaldor.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar