Daryo

YouTube 24-avgustdan videolar ko‘rishlarini hisoblash tizimini o‘zgartiradi

Platformaning ta’kidlashicha, yangi tizim monetizatsiyaga ta’sir qilmaydi: to‘lovlar avvalgidek ko‘rishlar va ko‘rish soatlari asosida hisoblanadi.

1 daqiqa o‘qish3 571 ko‘rishlar0 izoh0

YouTube 24-avgustdan boshlab videolarni ko‘rishni ular ishga tushishi bilan, birinchi kadrdanoq hisoblay boshlaydi. Yangi tizim butun dunyo bo‘ylab barcha formatdagi videolar uchun amal qiladi. Bu haqda platformaning ma’lumotnomasida ma’lum qilindi.

Avvalroq platforma formatiga qarab, ko‘rishlarni hisoblashning turli usullaridan foydalanar edi. Endi YouTube bu ko‘rsatkichni birxillashtirishga qaror qildi. Kompaniya bu o‘zgarishni ko‘rsatkichni yagona standartga keltirish va mualliflarga “o‘z videolari qamrovi haqida to‘liqroq tasavvur berish” istagi bilan izohladi.

“24-avgustdan boshlab YouTube’da ko‘rishlar soni aks etadigan barcha joylarda yangi ko‘rsatkichni ko‘ra boshlaysiz (bu esa kelajakda mualliflarning umumiy ko‘rishlar soni, ehtimol, tezroq o‘sishini anglatadi)”, deyiladi xabarda.

Platformaning ta’kidlashicha, yangi tizim monetizatsiyaga ta’sir qilmaydi: to‘lovlar avvalgidek jalb qilingan ko‘rishlar va ko‘rish soatlari asosida hisoblanadi.

Rolikni ishga tushgandan keyin ko‘rishda davom etgan foydalanuvchilar soni YouTube Analytics’da saqlanib qoladi.

The Verge nashrining yozishicha, ko‘rishlarni hisoblashning xuddi shunday algoritmi TikTok va Instagram’da ham mavjud. X ijtimoiy tarmog‘ida esa foydalanuvchi videoni kamida ikki soniya tomosha qilsagina, ko‘rish hisobga olinadi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili YouTube bu usulni YouTube Shorts uchun qo‘llagan edi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar