Daryo

Portugaliyada yuzni butunlay yopib yurish taqiqlandi

Prezident mamlakatda jamoat joylarida yuzni berkitishni taqiqlovchi “burqa qonuni”ni rasman tasdiqladi. Unga bo‘ysunmaganlar 3 ming yevrogacha jarimaga tortiladi.

1 daqiqa o‘qish3 324 ko‘rishlar0 izoh0

Portugaliya prezidenti jamoat joylarida yuzni berkitishni taqiqlovchi qonunni tasdiqladi. O‘ng qanot vakillari tomonidan ilgari surilgan tegishli chora musulmon ayollarning yuzni to‘liq berkituvchi kiyimlarini taqiqlashni ko‘zda tutadi. Bu haqda The Straits Times xabar berdi.

Prezident Antoniu Hose Seguru 18-avgust kuni bergan bayonotida shunday dedi:

“Yuz inson shaxsiyati va muloqotining markaziy elementi sifatida qaralishi kerak”.

Mahalliy OAV tomonidan “burqa qonuni” deb atalgan bu hujjat iyul oyida parlament tomonidan qabul qilingan edi. Hujjat uchun hukmron o‘ng koalitsiya va o‘ng qanot vakillari ovoz berdi, so‘l partiyalar esa bunga qarshi chiqdi.

Qonun jamoat joylarida yuzni berkitadigan yoki shaxsni aniqlashga xalaqit beradigan kiyimlarni kiyishni taqiqlaydi. Shuningdek, jinsi, dini, yoshi yoki kelib chiqishi sababli insonni yuzini berkitishga majburlash ham taqiqlanadi.

Huquq himoyachilari bunday taqiqlar ayollarga nima kiyish kerakligini uqtirib, ularning huquqlarini buzayotganini ta’kidlamoqda. Prezident Seguru bu juda katta ijtimoiy va madaniy nozik masala ekanini tan oldi.

Ta’kidlanishicha, bu qonunni buzganlar 150 yevrodan 3000 yevrogacha (170 dollardan 3500 dollargacha) jarimaga tortiladi. Sog‘liqni saqlash, kasbiy, ijodiy yoki ob-havo sharoiti bilan bog‘liq sabablar uchun istisnolar ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ibodatxonalar, diplomatik vakolatxonalar va samolyotlar ichida yuzni berkitishga ruxsat beriladi.

Avvalroq Avstriya maktablarida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlarga ro‘mol o‘rash taqiqlangani haqida xabar berilgandi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar