Daryo

Pixar “Koko siri 2” multfilmi 2029-yilda chiqishini ma’lum qildi

“Koko 2” filmining ilk treylerida Migel yana O‘liklar diyoriga tushib qoladi.

1 daqiqa o‘qish4 864 ko‘rishlar0 izoh0

D23 ko‘rgazmasida Disney filmning yangi konsept-artlarini taqdim etdi. Ularda o‘smir yoshiga yetgan Migel o‘zining sevimli iti Dante bilan birga tasvirlangan. Shuningdek, kompaniya Pixar sikveli 2029-yilning noyabr oyida prokatga chiqishini va Benjamin Brett Ernesto de la Kruz rolini ijro etish uchun qaytishini ma’lum qildi.

“Koko siri” asl multfilmining rejissyori Li Unkrich film ustida ishlash uchun Adrian Molina bilan birga qaytmoqda. “O‘yinchoqlar tarixi 4” va “Boshqotirma 2” filmlari orqali tanilgan Mark Nilsen esa prodyuserlik qiladi.

O‘liklar kunini nega quvonch bilan nishonlashadi? “Koko siri” multfilmi haqida

Birinchi “Koko siri” multfilmi 2017-yilda kinoteatrlarda namoyish etilgan va tanqidchilar va tomoshabinlar ham tomonidan xit asar sifatida e’tirof etilgan. U dunyo prokatida 800 million dollardan ortiq mablag‘ to‘plab, ikkita “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi: “Eng yaxshi animatsion film” va “Remember Me” nomli “Eng yaxshi original qo‘shiq” uchun.

Foto: Filmdan kadr

“Koko siri 2” – Pixar studiyasining navbatdagi sikveli bo‘lib, uning ijodkorlari studiyaning so‘nggi o‘n yilliklardagi eng katta yutuqlaridan unumli foydalanishga umid qilmoqda. Studiyaning so‘nggi relizlari qatorida dunyo bo‘ylab 1 milliard dollardan ko‘proq daromad keltirgan “O‘yinchoqlar tarixi 5” va “Boshqotirma 2” kabi filmlar bor. Studiyaning keyingi sikveli – “Superoila 3” bo‘lib, uning premyerasi 2028-yilga rejalashtirilgan.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar