Hozirda DreamWorks “Shrek”ning beshinchi qismi ustida ishlamoqda. Muxlislarning qiziqishi turlicha bo‘lsa-da, film katta kassa yig‘ishi kutilmoqda. Quyida esa studiyaning yillar o‘tsa ham o‘z qadrini yo‘qotmaydigan beshta mashhur multfilm franshizasini sanab o‘tamiz.
“Mustang” (2002)
Mustang haqidagi multfilm DreamWorks to‘liq 3D animatsiyaga o‘tishidan oldin yaratilgan. Shu sababli uning animatsiya uslubi studiyaning keyingi filmlaridan ancha farq qiladi.
Multfilmning yana bir o‘ziga xos jihati — hayvonlar haqidagi ko‘plab filmlardan farqli ravishda, undagi otlar gapirmaydi. Shunga qaramay, “Mustang” bugungi kungacha mashhurligini yo‘qotmagan. Kartinani bastakor Hans Zimmer yaratgan musiqalar yanada ta’sirchan qilgan.
“Misr shahzodasi” (1998)
Zamonaviy loyihalar bilan solishtirganda ayrim kamchiliklari bo‘lishiga qaramay, “Misr shahzodasi” DreamWorks tarixidagi eng yaxshi loyihalardan biri hisoblanadi. Unda Injildagi voqea ekranlashtirilib, diniy mavzularga qiziqmaydigan tomoshabinlar uchun ham jozibali tarzda taqdim etilgan.
Qiziqarli syujet, sifatli animatsiya, mashhur aktyorlarning ovoz berishi va puxta ishlangan qahramonlar bu multfilmni kattalar ham, bolalar ham sevib tomosha qiladigan kartinaga aylantirgan.
“Madagaskar” (2005)
So‘nggi yillarda franshiza haqida kamroq eshitilayotgan bo‘lsa-da, “Madagaskar” uzoq vaqt davomida bir nechta davomi va spin-offlari orqali mashhurligini saqlab qoldi.
Birinchi film tomoshabinlar sevib qolgan ko‘plab qahramonlarni taqdim etdi. Bosh qahramonlarga komediya olamining mashhur vakillari ovoz bergani esa franshizaning muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi. Shu sababli undagi ko‘plab hazillar hali uzoq vaqt yodda qolishi aniq.
“Kung-fu panda” (2008)
Ushbu franshiza DreamWorks’ning ijodiy yondashuvini yaqqol namoyon etdi. Studiya jang san’ati mavzusini o‘z yo‘lini izlayotgan yolg‘iz qahramon hikoyasi bilan birlashtirdi.
Keyinchalik “Kung-fu panda”ning yana uchta davomi chiqdi. Har bir filmda kung-fu ustasi bo‘lgan panda Po yangi yovuz qahramonga qarshi kurashadi va bu jarayon uning o‘zini, maqsadi hamda hayotdagi o‘rnini anglashiga yordam beradi.
Birinchi qism hanuz muxlislarning sevimlisi bo‘lsa-da, keyingi filmlar ham tomoshabinlar tomonidan yaxshi kutib olingan.
“Ajdaho o‘rgatuvchilar” (2010)
“Shrek”dan farqli ravishda, “Ajdarhoni qanday o‘rgatish kerak” franshizasining uchala asosiy filmi ham tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan yuqori baholangan.
Bu yil birinchi qismning remeyki ham ekranlarga chiqdi, uning davomi esa ishlab chiqarishga topshirilgan. Buning asosiy sababi — original hikoya yillar o‘tsa ham yangi muxlislarni o‘ziga jalb qilayotgani va o‘zining ajoyib vizual olami bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirayotganidir.








