Daryo

Trampning kuyovi Isroilga tashrif buyuradi

U G‘azodagi vaziyatni Netanyaxu bilan muhokama qilishi kutilmoqda. Isroil bosh vaziri Trampning sektor bo‘yicha tinchlik rejasini rad etgandi.

1 daqiqa o‘qish3 478 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner kelasi hafta Isroilga tashrif buyuradi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Kushner tashrif davomida G‘azodagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar olib boradi. Uning safari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHning 15 banddan iborat tinchlik rejasini rad etganidan keyin amalga oshirilmoqda. Tinchlik rejasi HAMASni qurolsizlantirish, G‘azo sektorini Falastinning yangi hukumatiga topshirish va Isroil harbiylarini hududdan to‘liq olib chiqishni nazarda tutadi. 

“Kushner G‘azo rejasini muhokama qilish uchun Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlariga ham tashrif buyurishi mumkin”, dedi amerikalik anonim rasmiy.

Yana bir manba Trampning kuyovi Misr, Qatar va Turkiyaning G‘azo bo‘yicha vositachilari bilan ham uchrashishini ma’lum qildi. Netanyaxu 9-avgust kuni Vazirlar mahkamasining haftalik yig‘ilishida HAMAS qurolsizlantirilmaguncha Isroil mudofaa kuchlari G‘azoni tark etmasligini aytdi. HAMAS esa Isroil o‘z qo‘shinlarini olib chiqsa va Falastin davlati tashkil etilsa, G‘azodagi yangi ma’muriyatga qurollarini topshirishini bildirgan.

Yangi ma’muriyat ayrim falastinliklarga o‘qotar qurollarini saqlab qolish huquqini berishi kutilmoqda. Trampning tinchlik rejasidagi dastlabki o‘t ochishni to‘xtatish bosqichiiga 2025-yil oktabr oyida erishilgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar