O‘zbekistonda katta yoshli aholining qariyb 64 foizi ortiqcha vazn yoki semizlikka ega. Bu ko‘rsatkich mamlakatda sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik masalasi tobora dolzarb bo‘lib borayotganini ko‘rsatadi.
Our World in Data platformasining JSST Global Health Observatory ma’lumotlari asosida e’lon qilgan 2024-yilgi statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 18 yoshdan katta aholining 64 foizi tana vazni me’yoridan yuqori guruhga kiradi. Bu ko‘rsatkich ortiqcha vazn va semizlikni birgalikda qamrab oladi.
JSST mezonlariga ko‘ra, tana massasi indeksi (TMI) 25 va undan yuqori bo‘lganlar ortiqcha vaznli, 30 va undan yuqori bo‘lganlar esa semiz hisoblanadi.
Tana massasi indeksi — insonning bo‘yi va vazni mosligi darajasini baholovchi kattalik bo‘lib, u vazn yetishmasligi, me’yordaligi yoki ortiqchaligini aniqlashda ishlatiladi.

Buning uchun tana vaznining kilogrammdagi(kg) koʻrsatkichini, boʻy oʻlchamining kvadrat metriga(m²) boʻlish kerak. Masalan, vazni 97 kg boʻlgan, boʻyi esa 177 sm boʻlgan odamda TMIni aniqlaymiz:
TMI = 72 kg : (1.90)² = 25.9
O‘zbekiston aholisining tana massasi indeksi bo‘yicha MDH davlatlari ichida yetakchilik qilmoqda. OWID/WHO ma’lumotiga ko‘ra:
- O‘zbekiston — 64%
- Ozarbayjon — 63%
- Moldova — 61%
- Turkmaniston — 58%
- Tojikiston — 58%
- Qozog‘iston — 56%
- Qirg‘iziston — 56%
- Rossiya — 56%
- Armaniston — 56%
- Belarus — 55%
Dunyo bo‘yicha esa katta yoshli aholining qariyb 45 foizi ushbu guruhga kiradi. Eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri Tongada qayd etilgan — 91 foiz. Yaponiyada esa bu ko‘rsatkich taxminan 24 foizni tashkil etadi.
JSST ortiqcha vazn va semizlikni surunkali kasallik sifatida baholaydi. Ular yurak-qon tomir kasalliklari, 2-tur qandli diabet, gipertoniya va ayrim saraton turlari xavfini oshirishi mumkin.

Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari rivojlanish xavfiga koʻra:
- TMI koʻrsatkichi < 18.5 boʻlsa, past (boshqa kasalliklar rivojlanishi mumkin);
- TMI koʻrsatkichi < 18.5—24.9 boʻlsa, odatdagidek;
- TMI koʻrsatkichi < 25.0—29.9 boʻlsa, baland;
- TMI koʻrsatkichi < 30.0—34.9 boʻlsa, yuqori;
- TMI koʻrsatkichi < 35.0—39.9 boʻlsa, juda yuqori;
- TMI koʻrsatkichi >= 40 boʻlsa, favqulotda yuqori sanaladi.








