Daryo

Pul sarflashga arzimaydi: foydasi isbotlanmagan ommabop qo‘shimchalar

Kerakli vitamin va minerallarni olish uchun sog‘lom ovqatlanishga rioya qilish eng foydali hisoblanadi.

2 daqiqa o‘qish15 757 ko‘rishlar0 izoh44

Ko‘pchilik retseptsiz sotiladigan vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalarni so‘zsiz afzalliklarga ega deb o‘ylaydi. Ammo ulardan ba’zilarini xarid qilish pulni behuda sarflashdir, eng yomoni esa sog‘liq uchun zarar yetkazishi mumkin.

Multivitaminli komplekslar

Foto: Adobe Stock

​Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, multivitaminlarning samarasi monovitaminlarga qaraganda ancha kam. Bundan tashqari, multivitaminli komplekslar o‘rniga diyeta qilish ham mumkin. Doktor Devid Jenkinsning so‘zlariga ko‘ra, agar multivitaminlardan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, u zarar qilmaydi, lekin u foyda keltirmasligi ham aniq. Kerakli vitamin va minerallarni olish uchun sog‘lom ovqatlanishga tayanish eng foydali hisoblanadi. Sabzavotlar, mevalar va yong‘oqlar shular jumlasidan.

“Toksinlarni tozalash” uchun biologik faol qo‘shimchalar

Foto: Adobe Stock

Detoks deb ataladigan mahsulotlar bozori juda katta, ammo bu bekorchi narsalarga pul sarflashdir. Organizm (sog‘lom holatda) o‘zi toksinlarni filtrlash va to‘liq tozalashga qodir. “Tabiiy detoks uchun sizga kerak bo‘lgan yagona narsa bu jigar va buyraklardir. Va agar ular to‘g‘ri ishlamasa, tibbiy yordamga murojaat qilishingiz kerak”, deydi toksikolog Rayan Marino.

D vitamini tabletkalari​

Foto: Adobe Stock

Shifokor retseptisiz qo‘shimcha D vitamini qabul qilish nafaqat ma’nosiz, balki xavfli hamdir. D vitaminining haddan tashqari ko‘p dozasi organizmda intoksikatsiyaning og‘ir belgilarini keltirib chiqarishi mumkin.

Omega-3​

Foto: Adobe Stock

Omega-3 kapsulalari hech qanday foyda keltirmaydi. “Bizda tabiiy omega-3 aminokislotalarini qo‘shimcha sifatidagi kapsula bilan almashtirish foydali ekanligi haqida hech qanday dalil yo‘q”, deydi Garvard maktabi dotsenti Piter Koen. Omega-3 olish uchun yog‘li baliq, o‘simlik moylari va yong‘oqlarni muntazam ravishda iste’mol qilish kifoya.

Vitamin C tabletkalari​

Foto: Adobe Stock

Tabletkalardan ko‘ra oziq-ovqatdan o‘zlashtiriladigan yana bir vitamin. “Haddan tashqari ko‘p iste’mol qilingan C vitamini antioksidantlarini prooksidantlarga aylantirishi mumkin (tana hujayralariga zarar yetkazadi), diareya haqida gapirmasa ham bo‘ladi”, deydi diyetolog Beteni Tayer. C vitaminiga boy mahsulotlarga sitrus mevalar, karam, bulg‘or qalampir, pomidor va ko‘katlar kiradi.​

Qashqadaryo viloyatidanman. 2024-yilda Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yildan buyon Lifestyle tahririyati muxbiri lavozimida ishlayman. Dostoyevskiy asarlarini, Rashod Nuri Guntekinning “Yashil kecha”sini, oʻzbek adabiyotidan “Ikki eshik orasi”, “Muvozanat” asarlarini sevib mutolaa qilaman. “Oq kema”(Chingiz Aytmatov asari), “Yettinchi boʻlmadagi moʻjiza” (Turkiya),“Majnuntol” (Eron) filmlarini yaxshi koʻrib tomosha qilaman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar