Daryo

Ruminiyaning Sankt Peterburgdagi bosh konsulxonasi yopildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu chorani Buxarestning harakatlariga javob deb tushuntirdi.

1 daqiqa o‘qish2 570 ko‘rishlar0 izoh4

Ruminiyaning Sankt Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi 24-iyul kuni o‘z faoliyatini yakunladi. Ma’lum qilinishicha, konsulxona xodimlari bino va hududni to‘liq tark etgan.

“TASS” nashriga ko‘ra, 24-iyul kuni ertalab xodimlar barcha mulklarni olib chiqib ketgan. Bino kirish qismidagi Ruminiya va Yevropa Ittifoqi bayroqlari hamda tashkilot nomi yozilgan peshtoq lavhasi olib tashlangan. Hozirda faqat avtoturargoh ustunchalarida Ruminiya konsulxonasining belgilari saqlanib qolgan.

Rossiya o‘zining ikkinchi yirik shahridagi konsulxonani yopish va Ruminiya bosh konsulini persona non grata (maqbul kelmaydigan shaxs) deb e’lon qilish haqida 25-iyun kuni qaror chiqargan edi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu chorani Buxarestning harakatlariga javob deb tushuntirdi. Avvalroq Ruminiya Rossiyaning Konstansa shahridagi bosh konsulxonasi faoliyatiga berilgan ruxsatni bekor qilgan va uning rahbarini persona non grata deb e’lon qilgan edi.

Ruminiya o‘z havo hududini buzgan dronni ikkinchi bor urib tushirdi

Ruminiya 25-iyul kuni Ukraina bilan chegara yaqinidagi kam aholi yashaydigan hududda o‘z havo sarhadlarini buzgan ikkinchi dronni urib tushirganini e’lon qildi. Bu ketma-ket ikki kun ichida sodir bo‘lgan ikkinchi shunday holatdir.

Bungacha apparat parchalarini tekshirgan ruminiyalik prokurorlar birinchi dron Rossiyaga tegishli ekanini bildirgandi. NATOga a’zo ushbu mamlakat ilk bor 24-iyul kuni havo hududini buzib kirgan dronni urib tushirgan edi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar