Daryo

Ekonom klassdagi qulaylik: Emirates samolyotlarida buklanma yostiqli suyanchiqlar paydo bo‘la boshladi

Ular uyqu paytida yon tomonga ag‘darilib ketmaslikka yordam beradi.

1 daqiqa o‘qish2 914 ko‘rishlar0 izoh1

Dubayning Emirates aviakompaniyasi buklanadigan yostiqli yangi U‑Dream bosh suyanchig‘ini namoyish qildi. U ekonom klass uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yo‘lovchilarga “parvoz vaqtida mutlaqo yangicha qulaylik”ni taqdim etishni maqsad qilgan.

Yumshoq qoplamali U-simon konstruksiya uyqu paytida bosh va bo‘yinni tutib turadi. Yon “qanotlar”ni o‘z bo‘yi va gavdasiga moslab yuqoriga-pastga harakatlantirish hamda biroz egish mumkin.

Bo‘yin yostiqlariga endi hojat yo‘q, deydi Emirates kompaniyasi prezidenti Tim Klark.

Ishlab chiquvchilarning so‘zlariga ko‘ra, U-Dream qulay holatni saqlashga, oldinga yoki yon tomonga egilib qolmaslikka yordam beradi. Model mustaqil sinovlardan o‘tgan va Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) standartlariga mos keladi.

Yangi bosh suyanchiqlar allaqachon uchta Airbus A350 samolyotiga o‘rnatilgan. Emirates butun aviaparkini ular bilan imkon qadar tezroq jihozlamoqchi va bu ishni yil oxirigacha yakunlashga va’da bermoqda.

Yaqinda Air New Zealand ham uzoq parvozlar uchun o‘z yechimini — ikki yarusli karavotlarga ega Skynest kapsulalarini taqdim etdi. Ular ko‘pi bilan to‘rt soatga mo‘ljallangan qo‘shimcha opsiya sifatida sotiladi, shuning uchun butun reys uchun to‘laqonli yotoq o‘rnini xarid qilib bo‘lmaydi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar