Amerikada o‘t o‘chiruvchilar kaptarni kislorod niqobi yordamida qutqarishdi (video)
Rolik ijtimoiy tarmoqlarda o‘n millionlab marotaba ko‘rilgan. Fikr bildiruvchilar soliqlari shunday ezgu ishlarga sarflanayotganidan xursand ekanliklarini qayd etishgan.
1 daqiqa o‘qish6 208 ko‘rishlar0 izoh13
Amerikaning Kaliforniya shtati Oklend o‘t o‘chiruvchilari kaptarni kislorod niqobi yordamida qutqarib qoldi. Oakland Firefighters Local 55 kasaba uyushmasi ushbu voqea haqida ijtimoiy tarmoqlarda so‘zlab, videoni ham ulashdi.
29-sonli o‘t o‘chirish bo‘limi ekipajining aytishicha, kaptar ularning yoniga o‘zi kelgan va yordam so‘rayotgandek tuyulgan. Qush yonayotgan mashina tutunidan dimiqib, ahvoli yomonlashgan edi.
O‘t o‘chiruvchilardan biri maxsus tibbiy niqob orqali kislorod berib, kaptarning o‘pkasini tozalashga yordam berdi.
O‘t o‘chiruvchilarning aytishicha, kabutar o‘ziga kelib, uchib ketgan.
Rolik ijtimoiy tarmoqlarda o‘n millionlab marotaba ko‘rilgan. Fikr bildiruvchilar soliqlari shunday ezgu ishlarga sarflanayotganidan xursand ekanliklarini qayd etishgan.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman.
Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”...
Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.