Daryo

Issiq va quyosh urishining xavfli alomatlaridan qanday saqlanish mumkin?

Ayniqsa, havo harorati keskin ko‘tarilgan kunlarda ushbu holatlarning belgilari va ulardan saqlanish yo‘llarini bilish muhim.

1 daqiqa o‘qish1 086 ko‘rishlar0 izoh1

Yozning jazirama kunlarida uzoq vaqt issiqda qolish nafaqat noqulaylik tug‘diradi, balki hayot uchun xavfli bo‘lgan issiq yoki quyosh urishiga ham olib kelishi mumkin. Ayniqsa, havo harorati keskin ko‘tarilgan kunlarda ushbu holatlarning belgilari va ulardan saqlanish yo‘llarini bilish muhim. Quyida issiq va quyosh urishi o‘rtasidagi farq, asosiy alomatlar hamda o‘zingizni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishing.

Issiq urishi — tana haddan tashqari qizib ketganda yuzaga keladigan o‘tkir holatdir. U dim, yopiq xonada, jazirama ko‘chada yoki konditsioneri yoqilmagan mashinada sodir bo‘lishi mumkin.

Quyosh urishi esa issiq urishining bir turidir. U uzoq vaqt quyoshda qolish va quyosh nurlarining boshga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri natijasida yuz berishi mumkin.

Bu holatlarning uchta og‘irlik darajasi mavjud.

Uchinchi darajasida jabrlanuvchida alahsirash, gallyutsinatsiyalar, tutqanoqlar, hushdan ketish va umumiy ahvolning o‘lim holatigacha yomonlashishi kuzatilishi mumkin.

Issiq urishi alomatlari:

  • tana harorati ko‘tarilishi;
  • mushaklardagi og‘riqlar;
  • burundan qon ketishi;
  • ko‘ngil aynishi, qayt qilish;
  • hansirash;
  • ko‘z qorachiqlarining kengayishi;
  • ong buzilishi;
  • hushdan ketish.

Quyosh urishi alomatlari:

  • kuchli bosh og‘riqlari;
  • bosh aylanishi;
  • ko‘ngil aynishi;
  • hushdan ketish.

Quyosh urishidan qanday saqlanish kerak?

  1. terlashga to‘sqinlik qilmaydigan tabiiy matolardan — zig‘ir, paxta, ipakdan tikilgan och rangli yengil kiyim va bosh kiyim kiying;
  2. yuz va boshni sovuq suv bilan yuving, soyabon bilan himoyalaning;
  3. muntazam ravishda toza suv iching, spirtli ichimliklarni iste’mol qilmang — ular organizmning suvsizlanishiga olib keladi;
  4. quyosh eng faol bo‘lgan vaqtda: soat 11:00 dan 16:00 gacha quyoshda yurmang. Agar shu vaqtda ko‘chada bo‘lish zarur bo‘lsa, salqinda yuring;
  5. imkon qadar tig‘iz vaqtlarda jamoat transportidan foydalanmang.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar