Daryo

Nima sababdan yozda yotoqxonadagi karavot yaqiniga piyoz qo‘yib uxlash kerak?

1990-yillar boshlarida shifokorlar ushbu amaliyot gripp va shamollashni to‘liq bartaraf etishiga ishongan hamda bemorlariga uni sinab ko‘rishni tavsiya qilgan.

1 daqiqa o‘qish31 018 ko‘rishlar0 izoh58

O‘rta asrlardayoq odamlar agarda piyoz to‘rtga bo‘linib, karavot yaqiniga qo‘yib uxlansa, u yo‘talni yengillashtirishini payqagan. 1990-yillar boshlarida shifokorlar ushbu amaliyot gripp va shamollashni to‘liq bartaraf etishiga ishongan hamda bemorlariga uni sinab ko‘rishni tavsiya qilgan. Profilaktika ish bergan: piyozni boshi yaqiniga qo‘yib uxlagan bemorlar shamollashdan tezda xalos bo‘lgan.

Hamma gap piyozning antibakterial xususiyatida. Bugun ilm-fan ushbu amaliyotni qo‘llab-quvvatlamasa-da, yotoqxonaga qo‘yib qo‘yilgan piyoz sizga qo‘l kelishi mumkin. Siz kechasi karavotingiz oldiga to‘g‘ralgan piyoz qo‘yib, uyga kirayotgan pashshalarni cho‘chitishingiz mumkin. Bu hiddan hatto chivin va chumolilar ham qochadi. Shuningdek, tarkibidagi aminokislotalar tufayli piyoz uyqu sifatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar piyoz chivin chaqqan joyga surtilsa, u yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatib, achishish va qichishishlarni bartaraf etadi.

Toshkentdanman. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2024-yildan beri Layfstayl bo‘limida muxbir lavozimida ishlayman va maqolalar hamda videomateriallar tayyorlayman. Har yili ispan kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Невидимый гость” (“Ko‘rinmas mehmon”) filmni kamida ikki marta qayta tomosha qilaman. Imom al-Buxoriy haqidagi “Sohilsiz dengiz” kitobi yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar