Burak O‘zchivit ortiqcha vazni uchun qattiq tanqid qilindi. Turkiyalik paparatssilar aktyorni rafiqasi Faxriya Evjen va o‘g‘illari bilan Bodrum plyajlaridan birida dam olayotganida suratga olishgan. Kadrlarda aktyorning avvalgi pressidan asar ham qolmagani, uning o‘rnini esa ancha katta qorin egallagani yaqqol ko‘rinib turibdi.
O‘zchivitning tanqidchilari darhol uni dangasalikda va o‘ziga qaramaslikda ayblashdi. “Qani o‘sha maqtalgan ideal qomat?”, “Bo‘ldi, qaribdi, millionlarini ishlab topib, o‘zini bo‘sh qo‘yib yuboribdi”, deya yozishmoqda ular.
To‘g‘ri, aktyorning sodiq muxlislari uni himoya qilib, Burakning bir necha yildan beri ta’til paytida vazn yig‘ishi, lekin keyin tezda o‘z formasiga qaytishini ta’kidlashdi. O‘tgan yili ham xuddi shunday holat kuzatilgan va aktyorning o‘zi dam olish paytida o‘ziga biroz erkinlik berishini aytgandi.
Hozirda turk seriallari muxlislari ikkiga bo‘lingan: ba’zilari mashhur aktyorlar ta’tilda ham mukammal ko‘rinishga majbur deb hisoblasa, boshqalari ular ham oddiy odamlar va vaznning o‘zgarib turishi ular uchun tabiiy hol, eng asosiysi, bu ularning ijrosiga ta’sir qilmasa bo‘ldi, degan fikrda.








