Daryo

Tomoshabinlar nafratiga uchragan turk seriallaridagi eng yovuz qahramonlar

Deyarli har bir turk serialida bosh qahramon va uning antagonisti bo‘ladi. Turk seriallari muxlislari ko‘pincha yovuz qahramonlarning ruhiyati singanini yoki bolaligi og‘ir kechganini bahona qilib, ularni oqlashga harakat qiladi.

3 daqiqa o‘qish17 442 ko‘rishlar0 izoh13

Deyarli har bir turk serialida bosh qahramon va uning antagonisti bo‘ladi. Turk seriallari muxlislari ko‘pincha yovuz qahramonlarning ruhiyati singanini yoki bolaligi og‘ir kechganini bahona qilib, ularni oqlashga harakat qiladi. Ammo ba’zi tomoshabinlar chin dildan nafratlanadigan personajlar ham borki, biz aynan ular haqida so‘z yuritamiz.

Vedat — “So‘yla, Qoradengiz”

Bir vaqtlar mashhur bo‘lgan serialdagi bu antagonist umuman olganda turk seriallarining asosiy yovuzlaridan biridir. Vedat — abduzer, psixopat va faqat kuch tilini tushunadigan odam. Biroq uning o‘zi juda ojiz, aks holda yillar davomida bechora bir ayolni qiynoqqa solmay, o‘ziga teng raqib topgan bo‘lardi. Ko‘pchilik tomoshabinlar bu personajni ko‘rib, faqat nafrat va jirkanishni his etishdi va Vedatning qilmishlarini inobatga olsak, bu holat juda mantiqiy. Ochig‘ini aytganda, Mehmet Ali Nuro‘g‘lu bu dahshatli yovuz qahramon rolini ajoyib ijro etgan.

Nadim — “Olis shahar”

Ushbu turk serialining yovuz qahramonlari haqida gap ketganda, odatda darhol Ejmel va Boran yodga tushadi. Biroq aynan Nodim Ozamni o‘ldirgan, Sulaymonni, so‘ngra Boranni ham aybdor qilib ko‘rsatgan, uzoq yillar davomida o‘z o‘g‘liga azob bergan va doimo atrofdagilarga xiyonat qilib kelgan. Katta Baybars — kim bilandir faqat ayni damda o‘ziga foydali bo‘lgani uchungina hamkorlik qiladigan odam. U ayyor, uddaburon, aqlli va uzoqni ko‘ra oladigan erkak bo‘lib, zarur bo‘lsa, o‘z o‘g‘lidan ham kechishi mumkin. “Olis shahar” serialining sinchkov tomoshabinlari bu yovuz qahramon uchinchi mavsumda albatta o‘ziga yarasha jazo olishiga qattiq ishonishmoqda.

Dincher — “Ashraf va Ro‘yo”

Bu yovuz qahramon mashhur serialning ikkinchi mavsumida paydo bo‘lib, nafaqat bosh qahramonlarni, balki tomoshabinlarni ham ancha xavotirga soldi. Dincher hayoti barbod bo‘lganida o‘zi va qasosi uchun qulay bo‘lgan aybdorlarni topdi, shafqatsiz reja tuzib, unga ko‘p yillar davomida amal qildi. U haqiqiy psixopat: sovuqqon, izchil, aqlli va shafqatsiz odam. Aytgancha, ba’zi tomoshabinlar Dincherni yovuz emas, balki bemor deya oqlashga ham urindi. Ammo uning o‘z qasos rejasidan qay darajada zavqlanganini eslaganda, bunday gaplarga ishonib bo‘lmaydi.

Yag‘iz — “Qizil sharbat”

Yag‘iz mashhur “Qizil sharbat” serialining to‘rtinchi mavsumida ikkinchi darajali qahramon edi. U Nilayga uylanish o‘zi va onasining barcha moddiy muammolarini hal qiladi, deb o‘ylagan Salkimning dugonasini o‘g‘li rolini ijro etgan. To‘g‘ri, Mustafoning bevasi erga tegishga shoshilmayotganini anglagach, Yag‘iz o‘zining tuban basharasini tezda ko‘rsatdi: u yosh ayolga ichimlik ichirib, uyiga olib keldi, bir nechta suratlar oldi, ularni fotoshopda tahrirladi va so‘ng Nilayni shantaj qila boshladi. Yag‘iz hech kimni o‘ldirmadi, biroq u o‘z ambitsiyalari tufayli yosh bir ayolning hayotini deyarli barbod qilgan haqiqiy yovuz qahramondir.

Saffet — “Qo‘rg‘on sirlari”

Mashhur “Qo‘rg‘on srirlari” serialida deyarli har bir qahramonni ma’lum bir vaqtda yovuz deb atash mumkin. Tomoshabinlar uzoq vaqt davomida Kazimdan nafratlangan, ammo u finalda o‘z aybini yuvdi. Biroq shunday bir qahramon ham bor ediki, unga bo‘lgan nafrat sira yo‘qolmadi. Bu obraz – katta Saffet Ixsonli. U ko‘p yillar davomida nabiralarini qiynab kelgan Toriq va Saffetning bobosidir. Uning sevimli jazo usuli — tovonlarga tayoq bilan urishni eslashning o‘zi kifoya. Shafqatsiz nabiralarni aynan u tarbiyalagan: birining g‘alati odatlari bo‘lsa, ikkinchisi yengilishni va rad javobini olishni bilmaydigan o‘jarga aylangan. Serialning ba’zi tomoshabinlari ishonchi komilki, agar bu qahramonga biroz ko‘proq ekran vaqti berilganida, ular uni Kozim va Mazidadan ham ko‘proq yomon ko‘rib qolishardi.

Yusuf — “Gullar va gunohlar”

Ayrim tomoshabinlar “Yilning eng yomon otasi” nominatsiyasida aynan Jon, Serhat, Jihon va Najotning otasi — Yusuf osonlikcha g‘olib bo‘lishiga ishonchi komil. Bu odam uch o‘g‘lini yillar davomida tashlab ketgan, to‘rtinchisini esa xo‘rlagan, keyin esa faqat ularning hayotini barbod qilish, o‘z istaklariga erishish va hammani o‘z nog‘orasiga o‘ynatish uchungina qaytib kelgan. Serial muxlislari Yusufning xavfli, nufuzli va shafqatsiz odam ekanini, agar o‘z rejalariga to‘g‘ri kelmasa, hatto o‘z o‘g‘lidan ham osonlikcha voz kechib yuborishini allaqachon anglab yetishgan.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar