Daryo

Melodrama va dramalardan charchaganlar uchun: kutilmagan syujetga ega turk seriallari

Quyidagi filmlar birinchi daqiqadan boshlab tomoshabinni o‘ziga qaratib, oxirgi qismgacha qo‘yib yubormaydi.

5 daqiqa o‘qish4 118 ko‘rishlar0 izoh2

Mazkur filmlar birinchi daqiqadan boshlab tomoshabinni o‘ziga qaratib, oxirgi qismgacha qo‘yib yubormaydi. Ularning ba’zilari sevgi munosabatlariga, boshqalari jinoyatlarga qaratilgan, uchinchilari esa umuman dunyoni g‘alati epidemiya qamrab olgan antiutopiyadir.

“Bizga hech narsa bo‘lmaydi”

  • Asl nomi: Bize Bir Şey Olmaz
  • Yili: 2026
  • Janr: drama, melodrama
  • Rejissyor: Neslihan Yeşilurt
  • Ssenariy muallifi: Pınar Bulut
  • Rollarda: Mert Ramazan Demir, Miray Daner

С нами ничего не случится (Bize Bi'Sey Olmaz), сериал 2026, 1-1 сезоны -  даты выхода сезонов и серий, кадры, трейлеры, смотреть онлайн, актеры, фото  и видео, отзывы

Jiddiy va mas’uliyatli Lol o‘zi uchun ideal bo‘lgan insonga turmushga chiqish arafasida. Agar uni o‘zining butunlay aksi deyish mumkin bo‘lgan yengiltak Aktan bilan tasodifan uchrashib qolib, u sabab to‘yi buziladi.

“Bizga hech narsa bo‘lmaydi” loyihasida Lol va Aktan hikoyasining taqdimot uslubi hayratga soladi. Bunda nafaqat ularning zaharli munosabatlari rivojini, balki bu dramatik voqeaga beixtiyor aralashib qolgan umumiy do‘stlarining sharhlarini ham kuzatish mumkin. Lol va Aktanning o‘zlari esa shunchaki serial qahramonlaridan go‘yoki real hayotda mavjud bo‘lgan insonlarga aylangan. Bundan tashqari, ushbu loyiha chiqqunga qadar Turkiyada zaharli va o‘zaro qaram munosabatlar haqida bunchalik ochiq-oydin aytilmagan edi.

“Ru”

  • Asl nomi: RU
  • Yili: 2024
  • Janri: drama
  • Rejissyorlar: Bahodir Qoratosh, Burak Chaldir
  • Ssenariy mualliflari: Yeshim Chitak, Taylan Yapiji
  • Rollarda: Maryam Uzerli, Burak Berkay Okgul

Bosh qahramon Reyyan (Maryam Uzerli) – restoraniga ega muvaffaqiyatli ishbilarmon ayol. U erining xiyonati ustidan chiqmagunicha, hayoti odatiy va bir maromda davom etadi.

Ayni vaqtda restoranda bosh oshpaz bo‘lgan eri xiyonati uchun “jazo”lanadi: ayol uni haydab yuboradi, biroq er butun jamoani o‘zi bilan olib ketadi. Shu tariqa Reyyan ham juftidan, ham xodimlaridan, ham restoranidan ayriladi. Sarosima va tushkunlikka tushgan paytida unga 18 yoshli bosh oshpaz yordamchisi Uzer yordam beradi.

“Ru”ning o‘ziga xos seriallar qatoridan joy olishiga unda katta yosh tafovutiga ega juftlik haqida hikoya qilinishi sabab bo‘lgan. Reyyan 38 yoshda, dramatik voqealardan so‘ng unga yordam qo‘lini cho‘zgan yangi sevgilisi esa endigina 18 ga to‘lgan. Kutilmagan yakun esa voqealarga yanada “olov” bag‘ishlaydi. 

“Jizzaki”

  • Asl nomi: Sicak Kafa
  • Yil: 2022
  • Janr: fantastika, triller, drama, detektiv, sarguzasht
  • Rejissyorlar: Mert Baykal, Umur Turagay
  • Ssenariy mualliflari: Mert Baykal, Afsin Kum
  • Rollarda: Usmon Sonant, Shevket Choruh, Hazal Subashi

Bosh qahramon Murod Siyovush g‘alati bir epidemiya qamrab olgan dunyoda yashaydi. Odamlar bir xil telbalikdan aziyat chekmoqda: nutq orqali yuqadigan infeksiya ularni tinimsiz gapirishga majbur qiladi va aqldan ozdiradi. Qahramonda negadir virusga qarshi immunitet mavjud, biroq u boshqalarni qutqarish niyatida emas.

Apokalipsis haqida hikoya qiluvchi bu turk trilleri — boshqa dizilardan o‘zining noodatiy antiutopik muhiti, tushkun kayfiyati va maqsadi insoniyatni qutqarish emas, balki o‘z jonini saqlash bo‘lgan g‘alati bosh qahramoni bilan ajralib turadi.

“Qizil xona”

  • Asl nomi: Kirmizi Oda
  • Yillar: 2020-2022
  • Janr: drama
  • Rejissyorlar: Jem Karji, Bashak Soysal
  • Ssenariy mualliflari: Gulseren Budayjiog‘lu, Banu Kiremitji Bozkurt, Deniz Gurlek
  • Rollarda: Binnur Kaya, Gulchin Kultur Shahin, Baran Jan Eraslan, Sezin Bozaji, Tyulin Ozen, Burak Sevinch, Erkan Petekkaya, Diren Polatog‘ullari

“Qizil xona” seriali voqealari markazida psixoterapevtlar va ularning mijozlari turadi. Har bir qismda tomoshabinlar yangi insonlar bilan tanishib, ularning boshidan nimalar o‘tganini va nima sababdan ruhiyati buni yenga olmaganini bilib oladilar.

Loyihaning o‘ziga xosligi nafaqat uning real voqealar va psixiatr Gulseren Budayjiog‘luning qaydlari asosida suratga olinganidadir. Chunki unda yoritilgan ayrim muammolar tomoshabinlarga yaqin va tanish tuyulishi mumkin.

Loyihada jamiyat qabul qilmaydigan eng jizzaki, shafqatsiz va g‘ayritabiiy mijozlarni ham qoralamay, aksincha, tushunishadi va qabul qilishadi. Bularning bari iste’dodli turk aktyorlari ijrosidagi to‘qima qahramonlarning taqdirini qismma-qism kuzatib borishga va ularga chin dildan hamdard bo‘lishga undaydi.

“Aktrisa”

  • Asl nomi: Aktris
  • Yil: 2023
  • Janr: triller, jinoyat, komediya
  • Rejissyor: Soner Janer
  • Ssenariy muallifi: Hakan Bonomo
  • Rollarda: Pinar Deniz, Uraz Kaygilaroglu, Ahmet Rifat Shungar, Tolga Tekin, Ipek Chichek, Shebnem Hassanisoughi, Serhat Mustafa Kilich, Mert Ege Ak, Erol Babaoglu, Mark Lyuis

Bosh qahramon – aktrisa Yasemin Derin kunduzlari ekranlar va dabdabali tadbirlarda porlaydi, tunlari esa ayollar va bolalarga yomonlik qilgan erkaklar uchun haqiqiy o‘lim farishtasiga aylanadi.

Mashhurligi qizga jazodan epchillik bilan qutulib qolishga, aktyorlik mahorati esa aslida nima bilan shug‘ullanishini yashirishga imkon beradi. Ishni tergov qilishga uning iziga tushishga muvaffaq bo‘lgan yangi detektiv kirishgach, hammasi o‘zgaradi.

“Aktrisa” loyihasi tushunish qiyin bo‘lgan savollarga javob berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Masalan, oqlash mumkin bo‘lgan zo‘ravonlik uchun olingan qasos bilan sovuqqonlik ila qasddan odam o‘ldirish o‘rtasidagi chegara qayerda o‘tadi?

Ijodkorlar nafaqat syujetning dvigateliga aylanuvchi voqealarga, balki qahramon Pinar Denizning ichki dunyosiga ham e’tibor qaratishga harakat qilishadi, chunki uning xatti-harakatlari sabablarini va shafqatsiz dunyoga qanday qarashini faqat shu yo‘l bilangina tushuntirish mumkin.

“O‘tmishdan xatlar”

  • Asl nomi: Geleceg‘e Mektuplar
  • Yil: 2025
  • Janr: drama
  • Rejissyor: Jenk Erturk
  • Ssenariy muallifi: Rana Denizer
  • Aktyorlar: Nir Guzinski, Go‘kche Bahadir, Selin Yeninjiy

Bir paytlar, 2003-yilda adabiyot o‘qituvchisi Fotima Ayyar o‘z o‘quvchilariga 20 yildan so‘ng o‘qishlari uchun kelajakdagi o‘zlariga maktub yozishni taklif qiladi. Afsuski, maktublar o‘z egalariga yetib borishi kerak bo‘lgan vaqtga kelib, o‘qituvchida Alsgeymer kasalligi avj oladi va u bu g‘oyasini eslay olmaydi.

Shunga qaramay, ko‘zlangan niyat baribir amalga oshadi, chunki Fotimaning qizi Elif uyni yig‘ishtirayotib, o‘sha mash’um maktublar dastasini tasodifan topib oladi. Ularning har biri o‘zida ko‘plab sirlarni saqlaydi va shu sirlardan biri endilikda o‘zining aslida kim ekanligi haqida zarracha tasavvurga ega bo‘lmagan qizning hayotini bir umrga o‘zgartirib yuboradi.

“O‘tmishdan xatlar” turk serialiga g‘ayrioddiylikni, eng avvalo, “vaqt kapsulasi” g‘oyasidan ajoyib tarzda foydalanilgani baxsh etadi. Ikki davr o‘rtasidagi ziddiyat, hikoyada ijobiy qahramonlarning deyarli yo‘qligi va munozarali yakun ham shular jumlasidandir.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar