Daryo

AQSH xorijliklar uchun siyosiy boshpana berishni to‘xtatadi

Dastlab Gaiti va Suriya fuqarolarining huquqiy himoyasi bekor qilinadi. Bu AQSHda qonuniy yashash va ishlash ruxsatiga ega minglab xorijliklarga ta’sir koʻrsatadi.

1 daqiqa o‘qish4 690 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH Oliy sudi Gaiti va Suriyadan kelgan yuz minglab muhojirlarni huquqiy himoyadan mahrum qilishni so‘ragan Tramp ma’muriyati foydasiga qaror chiqardi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Ushbu qaror Gaiti va Suriyadan kelib, AQSHda qonuniy yashayotgan migrantlarning deportatsiya qilinishiga yoʻl ochadi. Sud konservativ ko‘pchilik ovozi bilan Tramp ma’muriyatining rejasini ma’qulladi. Mazkur chora 350 mingga yaqin gaitilik va 6 mingdan ziyod suriyalikning taqdiriga ta’sir qiladi.

AQSH Davlat departamenti hozirgi vaqtda keng tarqalgan zo‘ravonlik, jinoyatchilik, terrorizm va odam o‘g‘irlash holatlari sababli Gaiti yoki Suriyaga sayohat qilishdan ogohlantirmoqda.

“Bu qaror prezident Donald Trampning qat’iy immigratsiya siyosati doirasida boshqa davlatlar fuqarolari uchun ham xuddi shunday himoya choralarini bekor qilish bo‘yicha ma’muriyat sa’y-harakatlarini kuchaytirishi mumkin”, deyiladi xabarida.

Sud qaroridan so‘ng Oq uy apparati rahbari o‘rinbosari Stiven Miller AQSH siyosiy boshpana so‘rab murojaat qilgan chet el fuqarolarini qabul qilishni amalda butunlay to‘xtatayotganini aytdi. Shu tariqa Amerika eshiklari boshpana izlayotganlar uchun butunlay yopiladi.

“Agar siz boshpana so‘rab murojaat qilsangiz, biz sizni qabul qiladigan dunyoning boshqa mamlakatini topamiz. Juda oddiy yechim”, dedi Miller.

Vaqtinchalik himoyalangan maqomga (TPS) ega xorijliklarga AQSHda yashash va ishlash huquqi beriladi. Ichki xavfsizlik departamenti (DHS) ularning vatanida urush, siyosiy beqarorlik yoki tabiiy ofatlar tufayli xavfli vaziyat yuzaga kelgan deb hisoblaydi. So‘nggi bir yil ichida Tramp ma’muriyati turli mamlakatlar uchun ushbu dasturni qisqartirishga harakat qilib, AQSHdagi yuz minglab migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishga urindi.

Ma’lumot o‘rnida, 2025-yili Oliy sud Tramp ma’muriyatiga 300 mingdan ortiq venesuelalikni TPSdan mahrum etishga ruxsat bergan edi. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar