Collider nashri so‘nggi besh yil ichida ekran yuzini ko‘rgan yettita eng dahshatli film ro‘yxatini e’lon qildi.
“Zamonaviy horror filmlar tomoshabinlarni yangicha — yanada g‘aroyib, shafqatsiz uslubda qo‘rqita boshladi. So‘nggi yillardagi eng qo‘rqinchli filmlar faqat qorong‘ilikdan sakrab chiqadigan maxluqlar bilangina cheklanib qolmaydi; aksincha, ular tomoshabinlarni qayg‘u, qaramlik, oilaviy parokandalik, bolalik qo‘rquvlari, ma’naviy tanazzul, ijtimoiy zo‘ravonlik hamda dunyoning odatiy qonuniyatlarga bo‘ysunmay qolgani haqidagi dahshatli tuyg‘u tuzog‘iga ilintiradi”, deya izoh bergan ro‘yxatni tuzganlar.
Birinchi o‘rinni Tayvanning “G‘am” (2021) nomli dahshatli filmi egalladi. Kartinada virus yuqtirgan odamlarni boshqalarning azobidan lazzatlanadigan qotillarga aylantiradigan dunyoda omon qolishga urinayotgan taybeylik yosh juftlik haqida hikoya qilinadi.

Ikkinchi o‘rinni Argentina dahshatli filmi — “Yovuzlikka mubtalolar” (2023) egalladi. Filmning bosh qahramonlari — aka-uka Pedro va Hayme iblis la’natiga uchragan “chiriyotgan” odamni topib, uning ta’siriga tushib qoladi.
Reytingda uchinchi o‘rinni “Ruh yig‘uvchi” (2024) horrori band etdi. Film syujetiga ko‘ra, FQBning yosh agenti seriyali qotilni ta’qib qiladi. Tergov uni shifrlangan maktublar, shaytoniy ramzlar, qo‘g‘irchoqlar va qo‘rqinchli bir mavjudot bilan to‘qnashuvga olib keladi.
To‘liq ro‘yxat quyidagicha:
- “G‘am” (2021)
- “Yovuzlikka mubtalolar” (2023)
- “Ruh yig‘uvchi” (2024)
- “Ikki, uch, iblis, kel!” (2022)
- “Skinamarink” (2022)
- “Varvar” (2022)
- “Qora telefon” (2021)








