Daryo

“Transformerlar” filmi yulduzi Shaya Labaf 2 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Bir necha yil oldin Shaya Labaf Gollivudning kelajagi porloq va eng talabgir aktyorlaridan biri hisoblanardi.

1 daqiqa o‘qish10 107 ko‘rishlar0 izoh11

“Transformerlar” filmi orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan 39 yoshli gollivudlik aktyor Shaya Labaf anchadan buyon o‘zining namunali bo‘lmagan xulq-atvori bilan tanilgan va bir necha bor hibsga olingan edi. Navbatdagi janjali tufayli aktyor sud oldida javob beradigan boʻldi va bu safar hibsga olinish jazo bilan yakunlandi. 

Foto: “Liza”

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, aktyor barlardan birida to‘polon ko‘tarib, bir nechta fuqarolarni ayovsiz kaltaklagan. Sud qarori bilan Labafga ikki yillik shartli qamoq jazosi berildi. Shuningdek, uning zimmasiga alkogolizmdan qutulish uchun majburiy davolanish va o‘z g‘azabini jilovlash bo‘yicha maxsus psixologik treninglardan o‘tish majburiyati yuklandi.

Aktyorning yaqinlari u nihoyat xatolaridan xulosa chiqarganini, o‘zini o‘nglab, bor e’tiborini oilasi va yangi rollariga qaratishga qaror qilganini aytishmoqda.

Bir necha yil oldin Shaya Labaf Gollivudning eng kelajagi porloq va talabgir aktyorlaridan biri hisoblanardi. Biroq uning o‘ta og‘ir xarakteri karyerasiga jiddiy putur yetkazdi. U 2008-yildan buyon muntazam ravishda ko‘chalarda to‘polon ko‘tarish, mushtlashuvlar uyushtirish, bezorilik, mashinani mast holda boshqarish va hatto mayda o‘g‘rilik kabi jinoyatlarga aralashib keladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. 2024-yilda Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yildan buyon Lifestyle tahririyati muxbiri lavozimida ishlayman. Dostoyevskiy asarlarini, Rashod Nuri Guntekinning “Yashil kecha”sini, oʻzbek adabiyotidan “Ikki eshik orasi”, “Muvozanat” asarlarini sevib mutolaa qilaman. “Oq kema”(Chingiz Aytmatov asari), “Yettinchi boʻlmadagi moʻjiza” (Turkiya),“Majnuntol” (Eron) filmlarini yaxshi koʻrib tomosha qilaman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar