Daryo

Malikaning iltimosi rad etilgan oqshom: Diana Maykl Jeksondan nima so‘ragan edi?

1988-yili Londonda pop musiqa qiroli va malika Diana uchrashadi. Nega Jekson “Dirty Diana” qo‘shig‘ini kuylamagani va ular tunlari telefonda nimalar haqida suhbatlashgani haqida so‘zlab beramiz.

2 daqiqa o‘qish33 754 ko‘rishlar0 izoh51

Pop-madaniyat tarixida shunchaki fakt bo‘lib qolmay, davr estetikasining bir qismiga aylanib ketgan lahzalar bor. 1988-yilning yozida Londonda yuz bergan o‘sha betakror uchrashuv ham shunday hodisadir: o‘shanda pop-musiqa qiroli va qalblar malikasi qisqa muddatga bo‘lsa-da, uchrashgan edi.

Майкл Джексон

Shaxsiy iltimos

O‘sha oqshom Maykl Jekson “Bad” nomli jahon gastroli doirasida konsert berayotgandi. Uning shoulari hamisha hayratlanarli, keng ko‘lamli va texnologik jihatdan mukammal — bir so‘z bilan aytganda, dabdabali bo‘lgan. Ammo bu gal xato qilib bo‘lmasdi: konsertga Uels shahzodasi va malikasi tashrif buyurgandi. Aytishlaricha, Diana Jekson ijodining, ayniqsa, uning “Dirty Diana” nomli qo‘shig‘ining ashaddiy muxlisasi bo‘lgan. Ammo trek malikaga bag‘ishlanmagan, balki konsertlarda ovozi bo‘g‘ilguncha qiyqiradigan va eshik oldida kumirlarini poylab turadigan “ma’lum toifadagi qizlar”ga bag‘ishlangandi.

O‘shanda kompozitsiyani dasturdan olib tashlash haqida shoshilinch qaror qabul qilinadi. Keyinroq Jekson bu ishni faqat odob-axloq yuzasidan qilganini tan oladi: u qo‘shiq nomini ikki xil ma’noda tushunish mumkin bo‘lgani uchun Ledi Dini hurmat qilgan holda shu qo‘shiqni kuylamaslikka rozi bo‘ladi. Biroq ma’lum bo‘lishicha, aynan “Dirty Diana” Diananing eng sevimli qo‘shig‘i ekan. U qo‘shiq dasturda bo‘lmasligini bilib, xafa bo‘ladi va sevimli trekini qaytarishni iltimos qiladi. Ammo fursat qo‘ldan boy berilgandi — konsert boshlanish arafasida, set-list esa allaqachon tasdiqlab bo‘lingandi.

Майкл Джексон и принцесса Диана

Diananing iltimosi bajarilmagan bo‘lsa-da, uchrashuv juda iliq o‘tadi. Malika va Maykl Jekson bir necha daqiqani kameralardan yiroqda o‘tkazib, samimiy muloqot qilishadi. Birozdan so‘ng ularga shahzoda Charlz qo‘shiladi va suhbat rasmiy tus oladi.

Bir-birini tushungan do‘stlar

Garchi ular bir martagina uchrashgan bo‘lsalar-da, qalblar malikasi va pop qirolining muloqoti davom etadi. Jekson 1999-yilgi intervyusida Diananing tunlari unga qo‘ng‘iroq qilishini, suhbatlari esa go‘yo hamma narsa va hech narsa haqida — farzandlar, matbuot, omma e’tiboridagi hayotning qiyinchiliklari, xullas, ikkalasini ham tashvishga solgan mavzular haqida bo‘lganini aytib bergandi.

10 цитат принцессы Дианы, которые рушат миф о благополучии королевской семьи

“Diana menga ishonardi”, degan edi musiqachi intervyularining birida. “U shunchaki qo‘ng‘iroq qilar, biz esa uning hayotida sodir bo‘layotgan voqealar haqida suhbatlashardik. U ham men kabi o‘zini doimiy ta’qib ostida his qilardi. Unga o‘zini tushunadigan odam kerak edi”.

r/OldSchoolCool - Princess Diana meeting Michael Jackson [1988]

Bugun Maykl Jekson va malika Diana shon-shuhratning ikki qarama-qarshi qutbi bo‘lganini hech kim inkor eta olmaydi: biri musiqiy inqilobning qaynoq nuqtasida yashagan bo‘lsa, ikkinchisi monarxiyaning muzlagan gumbazi ostida umr kechirdi. Ammo sahna ortidagi o‘sha qisqa sukunat lahzasida ular uchrashdi. Ular davr timsollari sifatida emas, balki bir-birining mehriga, tushunishiga tashna bo‘lgan ikki ojiz inson sifatida diydorlashdi. Zero, o‘sha kezlar “qirol” va “malika” degan ko‘zni qamashtiruvchi unvonlar ortida shunchaki Maykl va Diana turardi. 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar