Rahbarlarning ish stolidan qanday asarlar joy olgan va ular yoshlarga nimalarni o‘qishni maslahat beradi? Bu savolga javob topish maqsadida “Daryo” hokimliklarning axborot xizmati rahbarlari yordamida hokimlarining sevimli asarlari ro‘yxatini tuzdi. Mazkur ro‘yxatda jahon klassikasidan tortib, zamonaviy menejment va milliy adabiyot durdonalari o‘rin olgan.
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev quyidagi 3 ta asarni tavsiya qildi:
1. Amir Temur — “Temur tuzuklari”
2. Oybek — “Navoiy” romani
3. Marsel Brion — “Menkim, Sohibqiron”
Shuningdek, hokim Erkin Vohidov va Muhammad Yusuf sheʼriyatini, Tog‘ay Murodning “Ot kishnagan oqshom” qissasi hamda Abdusaid Ko‘chimov asarlarini ham o‘qishni maslahat berdi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovning tavsiyalari ro‘yxatidan milliy va jahon klassikalari o‘rin oldi:
1. Shavkat Mirziyoyev — “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”;
2. Abdulla Qodiriy — “O‘tkan kunlar”;
3. Li Kuan Yu — “Singapur tarixi: uchinchi dunyodan birinchi dunyoga”.
Bundan tashqari, hokim Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni”, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” hamda Shuhratning “Mashrab” romanlarini mutolaa qilishni tavsiya etdi.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov yoshlar uchun sharq falsafasi va tarixiy manbalarni eng muhim deb hisoblaydi:
1. “Kalila va Dimna”;
2. “Qobusnoma”;
3. “Boburnoma”.
Hokim davlat boshqaruvi va strategik rejalashtirishda muhim kitob “Temur tuzuklari”ni o‘qish kerakligini qo‘shimcha qildi.
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev maʼnaviy kamolot va zamonaviy iqtisodiy yondashuvlarga urg‘u berdi:
1. Tohir Malik — “Odamiylik mulki”;
2. “Buyuk yurt allomalari” saylanmasi;
3. Si Szinpin — “Kambag‘allikdan qutilish”.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov sheʼriyat va jadid adabiyotiga ustunlik beradi:
1. Muhammad Yusufning sheʼriy to‘plamlari;
2. Abdulhamid Cho‘lpon — “Kecha va kunduz”;
3. “Boburnoma”.
Shuningdek, Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov ham mutolaa qilish uchun asarlarni tavsiya qildi:
1. Amir Temur — “Temur tuzuklari”;
2. Uolter Ayzekson — “Stiv Jobs”;
3. Li Kuan Yu — “Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga. Singapur tarixi”.
“Daryo” mutolaa mavzusiga yana qaytadi. Tahririyat boshqa hudud rahbarlari hamda vazirlarning shaxsiy kutubxonasidan o‘rin olgan durdonalar bilan tanishishga harakat qiladi.








