Daryo

Qirg‘iziston sobiq prezidentining ukasi O‘zbekistonda vafot etdi

Kurmanbek Bakiyevning ukasi Axmat Bakiyev 66 yoshda edi. U 2011-yilda bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilib, yetti yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

1 daqiqa o‘qish19 460 ko‘rishlar0 izoh10

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Kurmanbek Bakiyevning ukasi Axmat Bakiyev 66 yoshida O‘zbekistonda vafot etdi. Bu haqda mamlakatdan qochib ketgan sobiq davlat rahbariga yaqin shaxslarga tayanib, Sputnik Kyrgyzstan xabar berdi.

Hozircha Axmat Bakiyevning o‘limi sabablari va tafsilotlari ochiqlanmadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jasad bugun, 13-aprel kuni Jalolobod viloyatiga yetkazilishi rejalashtirilgan. Marhum o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurti — Jalolobodda dafn etiladi.

Axmat Bakiyev 2011-yilning avgust oyida bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilgan edi. Xususan, sud uni ommaviy tartibsizliklar uyushtirish, millatlararo adovatni qo‘zg‘atish, tovlamachilik va firibgarlikda ayblab, 7 yil muddatga qat’iy tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga hukm qilgan.

U dastlab 35-sonli jazoni ijro etish muassasasida saqlangan, biroq keyinchalik sog‘lig‘i yomonlashgani sababli kasalxonaga o‘tkazilgan. 2012-yilning mart oyida esa Axmat Bakiyevning shifoxonadan qochib ketgani ma’lum bo‘lgan edi.

Kurmanbek Sali o‘g‘li Bakiyev Qirg‘izistonning ikkinchi prezidenti bo‘lib, u mamlakatni 2005-yildan to 2010-yilgacha boshqargan. 2010-yildagi Qirg‘iziston inqilobi natijasida hokimiyatdan ag‘darilgan va mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan.

U Oq uydagi ommaviy otishmada aybdor deb topilgan va 30 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Hozirda u Belarusda istiqomat qilmoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar