Daryo

Bishkekdagi qabristonlarga kameralar o‘rnatiladi

Qirg‘izistonda qabriston hududidan boshqa maqsadlarda foydalanishga faqat oxirgi dafn marosimidan 30 yil o‘tgach, ruxsat beriladi.

1 daqiqa o‘qish5 470 ko‘rishlar0 izoh6

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi qabristonlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida videokuzatuv tizimi joriy etiladi. Bu haqda Marosim xizmatlari agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Kubat Kuramayev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda loyihani amalga oshirish uchun tender e’lon qilinadi. Bu chora yodgorlik majmualarini asrash va qabrlarga zarar yetkazish (vandalizm) holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Shahar hokimiyati nafaqat kameralar o‘rnatish, balki maxsus qo‘riqchi xodimlar navbatchiligi tizimini ham kuchaytirmoqda. Ma’lumotlarni raqamlashtirish orqali dafn etilganlar hisobini yuritish tartibi ham takomillashtiriladi.

Shuningdek, sohani rivojlantirish uchun maxsus texnika parkini yangilash, xususan, yangi ekskavatorlar va samosvallar sotib olish rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Qirg‘izistonda qabriston hududidan boshqa maqsadlarda foydalanishga faqat oxirgi dafn marosimidan 30 yil o‘tgach, ruxsat beriladi. Ushbu hududda bino va inshootlar qurish taqiqlanadi, undan faqat yashil hududlar va xiyobonlar tashkil etish uchun foydalanish mumkin.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar