Daryo

Turkiyada Ibrohim Chelikkol, Mustafa Checheli va yana bir nechta san’atkorlar qo‘lga olindi

Istanbul prokuraturasining mashhurlar bilan bog‘liq ushbu tergovi 2025-yil oktyabr oyida boshlangan bo‘lib, hozirgacha davom etmoqda.

1 daqiqa o‘qish4 913 ko‘rishlar0 izoh1

Istanbul shahrida giyohvand moddalar bilan bog‘liq ish doirasida bir qator mashhur shaxslar qo‘lga olindi. Turk OAV xabariga ko‘ra, Istanbulning Beykoz tumani prokuraturasi tomonidan mashhurlar ishtirokidagi giyohvandlik ishini tergov qilish doirasida navbatdagi maxsus operatsiya o‘tkazilgan. 

Operatsiya davomida aktyor Ibrohim Chelikkol, xonandalar Simge Sagin, Mustafa Checheli, Melek Mosso, Deha Bilimler va Bengu Erden, muallif va ijrochi Ersay Uner, sportchi Asli Sipahi hamda DJ Ilkay Shenjan qo‘lga olingan. 

Foto: Google Images

Beykoz tumani prokuraturasi bayonotiga ko‘ra, tergov Istanbul jandarmeriyasining giyohvand moddalarga qarshi kurash bo‘limi bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Mashhur shaxslar tomonidan giyohvand va psixotrop moddalarni sotib olish, saqlash, iste’mol qilish yoki tarqatish holatlari bo‘yicha to‘plangan dalillar, murojaatlar va ma’lumotlar asosida gumonlanuvchilarning jinoyatlarga aloqadorligi aniqlangan.

Foto: Google Images

2026-yil 7-aprel kuni Istanbul umumiy yurisdiksiya sudi qarori asosida bir vaqtning o‘zida tintuvlar va qo‘lga olish ishlari amalga oshirilgan. Prokuratura tergov puxta olib borilayotganini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olinganlar dastlab tibbiy ko‘rik uchun shifoxonaga, so‘ng giyohvand modda iste’moli bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazishga sud-tibbiyot muassasasiga yuboriladi. Jarayonlardan so‘ng ular prokuraturada ko‘rsatma beradi. Keyinchalik prokuratura ularni ozod qilish yoki ishni sudga oshirish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Foto: Google Images

Istanbul prokuraturasining mashhurlar bilan bog‘liq ushbu tergovi 2025-yil oktyabr oyida boshlangan bo‘lib, hozirgacha davom etmoqda. Shu vaqt ichida ko‘plab musiqachilar, menejerlar va tadbirkorlar ko‘rsatma bergan, qon va soch namunalaridan tahlillar o‘tkazilgan.

Toshkentdanman. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2024-yildan beri Layfstayl bo‘limida muxbir lavozimida ishlayman va maqolalar hamda videomateriallar tayyorlayman. Har yili ispan kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Невидимый гость” (“Ko‘rinmas mehmon”) filmni kamida ikki marta qayta tomosha qilaman. Imom al-Buxoriy haqidagi “Sohilsiz dengiz” kitobi yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar