Daryo

Qozog‘istonda er biznesni yo‘qotishdan qo‘rqib xotinini cho‘ktirdi

Erkak biznesni meros qilib olish uchun baxtsiz hodisani sahnalashtirgan. U ayolni qasddan cho‘ktirib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan.

1 daqiqa o‘qish3 758 ko‘rishlar0 izoh1

Qozog‘istonda o‘z biznesini yo‘qotishdan qo‘rqib xotini cho‘ktirib o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda sud matbuot xizmatiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Er-xotin o‘rtasida 125 million tengedan(259 ming dollardan) ortiq qiymatdagi tijorat korxonasiga egalik qilish bilan bog‘liq mulkiy mojaro bo‘lgan. Xotin ajrashishga qaror qilgan, buni erkak o‘zining mulkiy holatiga tahdid sifatida baholagan. Chunki MCHJ ayolning shaxsiy mulki bo‘lgan va ajrashganda bo‘linmas edi.

2024-yil avgust oyi o‘rtalarida erkak biznesni meros qilib olish uchun baxtsiz hodisani sahnalashtirgan. Buning uchun u xotinini daryoda qayiqda sayr qilishga taklif etgan. Sayr vaqtida erkak qayiqni qasddan chayqatgan, qayiq chetida o‘tirgan xotini muvozanatini yo‘qotib, suvga tushib ketgan.

“Shundan so‘ng K. (erkak) uning sochidan tutib, suv ustiga chiqishiga yo‘l qo‘ymagan va cho‘ktirishga harakat qilgan. Ayolning nafas yo‘li suv bilan yopilishi natijasida mexanik asfiksiyadan voqea joyida vafot etgan”, deyiladi sud xabarida.

Tomonlarning pozitsiyalari

Sudda prokuror erkakni aybdor deb topishni va 18 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan. Jabrlanuvchi tomoni umrbod qamoq jazosini talab qilgan. Erkak tamagirlik niyatida odam o‘ldirgani ayblovini tan olmagan va oqlov hukmini so‘ragan.

Sud qanday qaror chiqardi?

Sud erkakni aybdor deb topib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. U jazo muddatini o‘rtacha xavfsizlikdagi jazoni ijro etish muassasalarida o‘taydi.

Sud jazo tayinlashda erkakning avval sudlanmagani, hamkasblarining ijobiy xarakteristikalari, jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud emasligini inobatga olgan. Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar