Daryo

Xitoy Eronga yordam berishga tayyorgarlik koʻrmoqda — CNN

Xitoy import qiladigan neftning qariyb 45 foizi Hormuz boʻgʻozi orqali harakatlanadi. Eronning AQSH va Isroil bilan urushi esa mamlakat energiya taʼminotiga tahdid solmoqda.

1 daqiqa o‘qish9 558 ko‘rishlar0 izoh8

AQSHda Xitoy Eronga moliyaviy yordam koʻrsatishga, shuningdek, raketalar uchun ehtiyot qismlar yetkazib berishga tayyorgarlik koʻrayotganiga oid razvedka maʼlumotlari bor. Bu haqda CNN oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.

“Xitoy oʻz qoʻllab-quvvatlovida ancha ehtiyotkor. U urush tugashini xohlaydi, chunki urush uning energiya taʼminotiga tahdid solmoqda”, deydi telekanal suhbatdoshlaridan biri.

The Washington Post manbalariga koʻra, Xitoy Eron bilan mustahkam aloqalariga qaramay, hozircha ushbu mamlakatga yordam koʻrsatmayapti.

5-mart kuni Reuters agentligi Xitoy neft ortilgan tankerlar Hormuz boʻgʻozidan xavfsiz oʻtishini taʼminlash maqsadida Eron bilan muzokaralar olib borayotgani haqida yozgandi. Agentlik manbalarining aytishicha, oʻz neftining qariyb 45 foizini ushbu boʻgʻoz orqali import qiladigan Pekin Tehrondan tankerlar harakati xavfsizligini taʼminlashni talab qilmoqda.

The Washington Postʼning qayd etishicha, Yaqin Sharq davlatlaridagi Amerika harbiy obyektlariga oid maʼlumotlarni Eronga Rossiya tomoni taqdim etmoqda. Hozircha Rossiya tomonidan koʻrsatilayotgan yordamning aniq koʻlami va chegaralari maʼlum emas. Biroq manbalarning taʼkidlashicha, urushning birinchi haftasida Eronning Amerika nishonlarini mustaqil ravishda aniqlash va kuzatish qobiliyati sezilarli darajada zaiflashgan. Aynan shu boʻshliqni toʻldirishda Rossiyaning razvedka maʼlumotlari muhim rol oʻynayotgan boʻlishi mumkin.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar