Daryo

Germaniya Eronga qarshi urushda ishtirok etishdan bosh tortdi

Mamlakat mudofaa vaziri mojarodan “chiqish strategiyasi” yo‘qligidan xavotir bildirdi. “Mintaqadagi mojarolarni faqat harbiy kuch bilan va yolg‘iz hal qilish mumkin, deb o‘ylash xomxayoldir”, dedi Boris Pistorius.

1 daqiqa o‘qish5 504 ko‘rishlar0 izoh7

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius mamlakati Eronga qarshi urushda ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Vazir mojarodan “chiqish strategiyasi” yo‘qligidan xavotir bildirdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Germaniya bu urushda ishtirok etmaydi, dedi mudofaa vaziri Bundestagda bo‘lib o‘tgan maxsus muhokamada.

​Parlamentda Eronga berilgan zarbalarni xalqaro huquq nuqtayi nazaridan baholash masalasi ham muhokama qilingan.

Germaniya bu mojaroda ishtirok etayotgan tomonlardan emas, dedi Pistorius.

​Vazir buning o‘rnida Germaniya “deeskalatsiyaga ko‘maklashish va zo‘ravonlikning yanada tarqalishini to‘xtatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi”ni ta’kidladi. Shu maqsadda u Isroil, AQSH va Yevropa Ittifoqidagi hamkasblari bilan aloqalarni davom ettirmoqda.

Tarix shuni o‘rgatdiki: urushni tugatishdan ko‘ra boshlash osonroq. Bu mojarodan chiqish uchun aniq strategiya kerakligini anglatadi. Men esa uni hozir ko‘rmayapman. Mintaqadagi mojarolarni faqat harbiy kuch bilan va yolg‘iz hal qilish mumkin deb o‘ylash xomxayoldir, dedi Germaniya mudofaa vaziri.

​Germaniyadagi partiyalarning pozitsiyasi

Xristian-demokratik ittifoq partiyasining tashqi siyosat bo‘yicha eksperti Norbert Ryottgen Eronni boshqarayotgan “mullalar rejimi” hozir maksimal darajada zaiflashganini aytdi. Unga ko‘ra, bu Eron xalqi uchun “maksimal yutuq” bo‘lib, mintaqada va undan tashqarida xavfsizlikni mustahkamlashni anglatadi.

So‘l partiya hamraisi Ines Shvardtner esa Germaniya kansleri Fridrix Mertsni Eronga berilgan zarbalarni “xalqaro huquqbuzarlik” deb atamagani uchun tanqid qildi. U kansler “xalqaro huquqni o‘z xohishiga ko‘ra talqin qilayotgani”ni ta’kidladi.

Tashqaridan rejimni o‘zgartirish erkinlik olib kelmaydi, faqat urush olovini yoqadi, dedi Shvardtner.

​AQSH va Isroil 28-fevraldan beri Eronga zarbalar bermoqda. Tehron AQSHning harbiy bazalari va diplomatik missiyalari joylashgan Isroil va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga hujumlar bilan javob qaytarmoqda. Ispaniya rasman o‘zining ikkita aviabazasidan Eronga qarshi hujumlarda foydalanishni taqiqlagan. Buyuk Britaniya esa dastlab rad javobini bergan, keyinroq esa AQSH taklifiga rozi bo‘lgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar